O‘roqov Olim Xikmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston temir yo‘llari AJda tezkor texnologik aloqa tizimlarini takomillashtirish», 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1029.
Ilmiy rahbar: Rasulov Xalikov Abdul`xak Abdul`xairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaborov Shuxrat Yuldashevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda tezkor-texnologik aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda IP-texnologiyalariga asoslangan mavjud TTA tarmog‘i takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportida TTA tarmog‘iga ta’sir etuvchi jarayonda ishlashi uchun, omillar ta’sirida IP-texnologiyalarga asoslangan matematik model` ishlab chiqilgan;
TTA tarmoqlari ishonchliligini hisoblash uchun yangi umumlashtirilgan mantiqiy va ehtimoliy usul ishlab chiqilgan;
axborot omillari sharoitida IP-texnologiyalariga asoslangan TTA tarmog‘ining funksional ishonchliligini baholash uchun metodologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da tezkor texnologik aloqa tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Angren-Pop” va “Buxoro-Miskin” uchastkasida raqamli oraliq aloqa punktlari (ROAP) joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 15 maydagi N/3115-19-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qurilmalar xalaqitlarga bardoshliligini oshirish va bitta dispetcherlik doirasida sanoat punktlari sonini 99 stansiyaga etkazish imkoniyatini bergan;
yaratilgan algoritm raqamli va dasturiy ta’minotning oraliq punktdan foydalanib, TTA tarmoqlarini tashkil qilishga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 15 maydagi № N/3115-19-son ma’lumotnomasi). Natijada TTA tarmog‘ining IP-texnologiyalari asosida ta’sir qiluvchi omillar ostida matematik model` yordamida texnologik tarmog‘ini rivojlantirish imkoniyati oshgan.