Boboev G‘aybulla G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Don va don mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlarining nazorat vositalari va usullarini takomillashtirish», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T749.
Ilmiy rahbar: Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori; Ruziev Umidjon Abdimajitovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Standartlar instituti).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don va don mahsulotlarining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan namlikni nazorat qilish asosida mikroprotsessorli infraqizil namo‘lchagich asbobini va uning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
don namligini nazorat qilishning infraqizil usuli va uning metrologik tavsiflarini yaxshilash yo‘llari ishlab chiqilgan;
don va don mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish o‘zgartkichlarini metrologik tavsiflari va uning tasnifi ishlab chiqilgan;
don namligini nazorat qilish uchun intellektual namo‘lchagich yaratish imkonini beruvchi infraqizil namo‘lchagichning yangi konstruksiyasi, algoritmi va ishlash dasturi ishlab chiqilgan;
don va don mahsulotlarining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan namlikni nazorat qilishni tezkor usulini zamonaviy infraqizil o‘lchash o‘zgartkichlari hamda axborot texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Don va don mahsulotlari sifat ko‘rsatkichini nazorat vositasi va usulini takomillashtirish hamda ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
donning sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan namlikni nazorat qilishda qo‘llaniladigan infraqizil namo‘lchagich “G‘alla-alteg” AJga joriy qilingan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 23 oktyabrdagi 6-1-2/355-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada donni qayta ishlash korxonasida mavjud donni namligini o‘lchash vositalariga nisbatan tezkor, aniq va ishonchli baholash imkoni yaratilgan;
don namligini nazorat qilish uchun intellektual namo‘lchagich yaratish imkonini beruvchi infraqizil namo‘lchagichning yangi konstruksiyasi, algoritmi va ishlash dasturi “G‘alla-alteg” AJga joriy qilingan (“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining 2019 yil 23 oktyabrdagi 6-1-2/355-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada namlikni nazorat qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni algoritmik tahlil qilib, uni saqlash va masofaga jo‘natish imkonini beradi.