Butunov Dilmurod Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Saralash stansiyalaridagi vagonlar oqimini tashkil etish va boshqarishni baholashning texnik-ekspluatatsiya usullarini takomillashtirish”, 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.4.PhD/T1390.
Ilmiy rahbar: Suyunbaev Shinpolat Mansuralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Umidulla Nazrillaevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: vagonlarni qayta ishlashda vaqt yo‘qotishlar ta’sirini hisobga olgan holda saralash stansiyalarida vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarishni baholashning texnik-ekspluatatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saralash stansiyasi ishini baholashning texnik-ekspluatatsiya usullarini takomillashtirish uchun vaqt yo‘qotishlar sabablari asosida “qayta ishlanadigan tranzit vagonlarning turish vaqti” ko‘rsatkichining omilli modeli ishlab chiqilgan;
vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha stansiyaning texnik-ekspluatatsiya ishlari sifatini oshirish uchun yo‘qotishlar sabablari klassifikatsiyasi ularning ob’ekti, usuli va manbalari asosida ishlab chiqilgan;
saralash stansiyalarida vagon oqimlarini oqilona tashkil etish va boshqarish uchun rejalashtirilgan hisoblashlar asosida vagonlarning stansiyada turish vaqtini me’yorlashda samarasiz yo‘qotishlar vaqti parametrlarini kiritish usuli ishlab chiqilgan;
vagonlar va poezdlar bilan bajariladigan texnologik jarayonlar asosida vagonlarni qayta ishlashga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni baholash va tahlil qilish uchun saralash stansiyasi ishidagi xarajatlarni hisoblashning dasturi ishlab chiqilgan va vagonlar oqimini tashkil etish va boshqarishni baholashning texnik-ekspluatatsiya usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Saralash stansiyalaridagi vagonlar oqimini tashkil etish va boshqarishni baholashning texnik-ekspluatatsiya usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“qayta ishlanadigan tranzit vagonning turish vaqti” ko‘rsatkichining omilli modeli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Chuqursoy” saralash stansiyasiga vagonlarni qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 01/6370-19-son ma’lumotnomasi). Natijada saralash stansiyasi ishida texnologik jarayonlar operatsiyalariga qat’iy muvofiq keladigan kunlik nazoratni tashkil etish va ularni bajarilish natijalarini baholash imkoni yaratilgan;
vagonlarning stansiyada turish vaqtini me’yorlashda samarasiz yo‘qotishlar vaqti parametrlarini kiritish usuli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Chuqursoy” saralash stansiyasiga vagon oqimlarini belgilangan normativ asosida tashkil etish va boshqarish uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 01/6370-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari vagonlarni qayta ishlashda samarasiz vaqt yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar rejasini o‘z vaqtida va asosli tarzda ishlab chiqish, hamda qayta ishlanadigan tranzit vagonlarning turish vaqtini o‘rtacha 3,6% ga qisqartirish imkonini bergan;
vagonlar oqimini tashkil etishni baholashning texnik-ekspluatatsiya hisoblash modeli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Chuqursoy” saralash stansiyasiga tegishli xodimlar tomonidan stansiya ishini smena-sutkali rejalashtirish uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 01/6370-19-son ma’lumotnomasi). Natijada stansiya ishidagi “zaif joylar”ni aniqlash orqali poezdlarni o‘z vaqtida tuzish va tarqatishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish