Irgashev Bexzod Amirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mobil` mashina transmissiyasining resursini va ehtiyot qism shesternyalariga bo‘lgan talabini eyilishbardoshlik bo‘yicha asoslash», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari texnika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1134.
Ilmiy rahbar: Shoobidov Shorahmat Asqarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Qobil Hamdamovich, texnika fanlari doktori, professor; Babashev Qutlimurat Aytmuratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mobil` mashinalar transmissiyasining resursini va ehtiyot qism shesternyalariga bo‘lgan talabini eyilishbardoshlik bo‘yicha asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shesternyalarning tishlari orasida sirpanish mavjud bo‘lgan va bo‘lmagan holatlar uchun konussimon shesternya tishlarining abraziv zarrachalar ishtirokida va ishtirokisiz eyilish tezligini hisoblash uslubiyati yaratilgan;
mustahkamlangan qatlamning qalinligini, mexanik xususiyatlarini, tishlarning eyilish tezligini va tishli uzatmaning ilashish modulini hisobga olgan holda yuqori chastotali tok bilan toblash va sementatsiyalash orqali termik ishlov berilgan konussimon shesternya resursini hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan;
moydagi abraziv zarrachalarning transmissiya agregatlari resursini ta’minlovchi ruxsat etilgan miqdori, g‘ildirak tishlarining qalinliklari bo‘yicha ruxsat etilgan eyilishi, ilashish moduli, shesternyalar materiali va abraziv zarrachalarning mexanik xususiyatlari hisobga olingan holda aniqlangan;
mobil` mashinalarning yil davomida bajargan ish hajmini, g‘ildirak tishlarining eyilish tezligini va shesternyalardan foydalanish siklining davomiyligini hisobga oluvchi, ehtiyot qism sifatida foydalaniladigan, tishli g‘ildiraklarga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash uslubiyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mobil mashina transmissiyasining resursini va ehtiyot qism shesternyalariga bo‘lgan talabini eyilishbardoshligini asoslash bo‘yicha natijalar asosida:
ilmiy asoslangan resursdan foydalanish va ehtiyot qism sifatida ishlatiladigan mobil` mashinalar transmissiya agregatlarining yopiq tishli uzatma shesternyalariga bo‘lgan talabi agregat moyida abraziv zarrachalar mavjud bo‘lgan sharoitda, mobil` mashina tishlarining eyilishbardoshligini oshirish usuli “Qashqadaryoagroservis MTP” MChJda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 24 yanvardagi 09-03/03-100-son ma’lumotnomasi). Natijada mashinalarning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda turish vaqtini avtomobillarda 15-20% ga, traktorlarda esa 13-18% ga qisqartirish imkoni yaratilgan;
yuqori chastotali tok bilan toblashni va sementatsiyalashni o‘tkazish texnologiyasi “Qashqadaryoagroservis MTP” MChJda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 24 yanvardagi 09-03/03-100-son ma’lumotnomasi). Natijada tishli uzatmalar resursining ilashish moduli m=4mm bo‘lganda 35-40% ga, m=6 mm bo‘lganda esa 25-30% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
agregat moyidagi abraziv zarrachalar miqdorini (massa bo‘yicha) 0,57% gacha me’yorlash usuli “Qashqadaryoagroservis MTP” MChJda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 24 yanvardagi 09-03/03-100-son ma’lumotnomasi). Natijada traktor transmissiyasi agregatlarining shesternyalari tishlarining eyilishbardoshligini 8-12% ga oshirish imkonini bergan.