Olimov Hamid Haydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qilish qurilmasining texnologik ish jarayoni va parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T612.
Ilmiy rahbar: Murodov Nusrat Murtazoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari bo‘yicha doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qiladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash yo‘li bilan g‘o‘zani sug‘orishda mehnat sarfi va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qiladigan shnekli ish organli qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bo‘ylama pol hosil qiladigan qurilma lemexining eni g‘o‘za qator orasining kengligi va tuprog‘ining xossalarini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurilmaning shnekli ish organi parametrlari etarli hajmdagi tuproqning tashilishi, g‘o‘za nihollarining tanasi va ildiz tizimiga shikast etkazmasligi, energiya sarfi hamda ish organining tortishga qarshiligi minimal bo‘lishi hisobga olingan holda asoslangan;
g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qilish qurilmasi ish organi parametrlarining maqbul qiymatlari uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama pol hosil qilish texnologik jarayoni va parametrlarini asoslash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishini bajarish asosida:
bir o‘tishda pol hosil qiladigan faol ish organli qurilmani yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“G‘o‘za qator oralariga pol olish qurilmasi”, № FAP 00671-2011 y.). Olingan natijalar asosida g‘o‘za qatorlari orasida bo‘ylama pol hosil qilish jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beradigan qurilma ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan pol hosil qilish qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro, Kogon, Peshku, Jondor tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 02/023-2049-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani birinchi sug‘orish uchun pollar hosil qilishda ish unumi 80 baravargacha oshib, mehnat sarfi 40 foizga kamaygan;
g‘o‘za qator oralarida bo‘ylama pol hosil qilish texnologik jarayonining bajarilishi sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va bo‘ylama pol hosil qilish qurilma konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 02/023-2049-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘ylama pol hosil qilish texnologik jarayonini mexanizatsiyalash imkoni yaratilgan.