Axmedov Islombek G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘oldi daryolardan suv olishda qattiq oqim hisobini takomillashtirish», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1374.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Abdumalik Nabievich, texnika fanlari doktori, professor, Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: daryoning tog‘oldi qismida qattiq oqim sarfini hisoblash usulini daryo cho‘kindilari tarkibiy qismini inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryoning tog‘oldi hududida qattiq oqim sarfini hisoblash usuli tub va muallaq cho‘kindilar harakatida oqimning gidravlik va gidrologik xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
daryoning tog‘oldi hududida tub va muallaq cho‘kindilarining tarkibiy qismini baholash loyqali oqim parametrlari va daryo cho‘kindilarining gidromexanik strukturasini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
daryoning tog‘oldi hududida tub cho‘kindilar sarfini aniqlash usuli cho‘kindilar donadorligini va harakat rejimini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
daryoning tog‘oldi qismida o‘zandagi deformatsiya hajmini baholash usuli daryo cho‘kindilarining tarkibiy qismini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘oldi daryolardan suv olishda qattiq oqim hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
daryoning tog‘oldi hududida qattiq oqim sarfini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “So‘x-Oqtepa” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3603-son ma’lumotnomasi). Natijada So‘x-Oqtepa irrigatsiya tizimiga qarashli gidrotexnik inshootlarning loyqa bosish miqdorini baholash imkoniyati yaratilgan;
tog‘oldi daryolardan suv olishda qattiq oqim sarfini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “So‘x-Oqtepa” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3603-son ma’lumotnomasi). Natijada daryoning tog‘oldi qismida tub va muallaq cho‘kindilar sarfini aniqlash asosida ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga erishilgan;
daryoning tog‘oldi hududida yuzaga keladigan deformatsion jarayonlar hajmini baholash va daryo cho‘kindilarini taqsimotini tartibga keltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “So‘x-Oqtepa” irrigatsiya tizimidagi Qo‘qon gidrouzelida samarali foydalanishga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18 sentyabrdagi 03/25-3603-son ma’lumotnomasi). Natijada daryoning tog‘ oldi qismidagi o‘zanini loyqadan tozalash ishlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish