Elmurodova Barno Ergashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p zanjirli baliq mahsulotlarini etishtirish texnologik jarayonlari boshqaruv tizimi modellari va algoritmlarini ishlab chiqish», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T847.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maqsadxon Sultaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Baxtiyar Muxammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p zanjirli ob’ektlarda baliq mahsulotlarini etishtirish texnologik jarayonlarining grafik modellari va boshqaruv algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p zanjirli ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hududiy geoaxborot resurslariga muvofiq boshqaruv rejimining boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan;
ko‘p zanjirli ob’ektlar jarayonlarini tashkil etuvchi axborot resurslarining informativ faktorlari klassifikatsiyalangan, modellashtirilgan, boshqarish tamoyillari va algoritmlari  ishlab chiqilgan;
ko‘p zanjirli  ob’ektlarda hududiy geoaxborot resurslariga va baliq turlariga muvofiq intensiv usulda akvakul`turada baliq mahsulotlari etishtirish jarayonlarining grafik modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
ko‘p zanjirli baliq mahsulotlarini hududiy tabiiy va sun’iy suv havzalarida intensiv usulda etishtirish texnologik jarayonlari infratuzilmasi va integrallashgan tizimi boshqaruv algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p zanjirli ob’ektlarda baliq mahsulotlarini etishtirish texnologik jarayonlari boshqaruv tizimi grafik modellari, usullari, dasturiy vositalari va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geoaxborot resurslariga muvofiq tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliq etishtirish infratuzilmasini shakllantirishning grafik modellari, instrumental dasturiy vositalar majmualari O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat tizimining kompyuterlashtirish sektorlarida, jumladan, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “SIMPLEX SERVIS GROUP” MChJ korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 1 avgustdagi 33-8/88-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p zanjirli ob’ektlarda baliq mahsulotlari etishtirish texnologik jarayonlarini hududiy tabiiy yoki sun’iy suv havzalariga joylashtirish imkonini bergan;
ko‘p zanjirli ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hududiy geoaxborot resurslariga muvofiq boshqaruv rejimini boshqarish algoritmlari Toshkent viloyati Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi 03/027-3-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 1 avgustdagi 33-8/88-son ma’lumotnomalari). Natijada hududiy suv resurslarining fizik va kimyoviy tarkibini inobatga olgan holda, tabiiy va sun’iy suv havzalarini shakllantirish, miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish masalalarini echish imkonini bergan;
ko‘p zanjirli ob’ektlarda baliq turlariga muvofiq intensiv usulda baliq mahsulotlari etishtirish jarayonlarining grafik modellari va algoritmlari «Qashqadaryo baliq sanoat» ma’suliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 yanvardagi 03/027-3-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 1 avgustdagi 33-8/88-son ma’lumotnomalari). Natijada grafik model` va algoritmlarni qo‘llash baliqlarni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan oziqlantirish texnologiyasi va ratsional rejimlarini joriy etish hisobiga bir gektar suv havzasidan ozuqa miqdorini 1,32% tejash hisobiga 71 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish