Sa’dullaev Mardulloning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektrtexnik qurilmalarning reaktiv quvvatini rostlash va elektr dvigatellarni ishga tushiruvchi kontaktsiz vositalar», 05.05.01–Energetikaa tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T244.
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Akram Mahkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoliddinov Ilxom Hosiljonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kondensator batareyalari quvvatini avtomatik rostlash va elektr motorlarini ishga tushirish uchun sodda konstruksiyali kontaktsiz qurilmalarni ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kondensator batareyalari quvvatini φ burchak funksiyasida avtomatik rostlash uchun ikki tiristorli kontaktsiz qurilmaning yangi sxemasi ishlab chiqilgan;
kondensator batareyalari quvvatini kuchlanish bo‘yicha avtomatik kontaktsiz rostlash qurilmasini ishlatish uchun yangi elektron rele ishlab chiqilgan;
bir vaqtning o‘zida φ burchak funksiyasi va kuchlanish bo‘yicha kondensator batareyalari quvvatini avtomatik rostlash uchun kombinatsiyalashgan qurilmaning yangi sxemasi ishlab chiqilgan;
MATLAB dasturini qo‘llab, dinamik xarakteristikalarni tadqiq qilish uchun kontaktsiz ishga tushiruvchi va kondensator batareyalari quvvatini φ burchak funksiyasida rostlash uchun model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kondensator batareyalari quvvat regulyatorlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi elektron kuchlanish relesiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent olingan (“Kondensator batareyasini avtomatik kommutatsiyalash uchun qurilma”, №IAP 04003-2009 y.). Natijada kondensator batareyalari quvvat regulyatorlarini takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan kuchlanish relesini ishlatish natijasida 0,98 oraliqda yuqori qiymatda quvvat koeffisienti ta’minlangan;
iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvatni rostlash uchun φ burchagi va kuchlanish bo‘yicha ishlaydigan kondensator batareyalari quvvatini avtomatik rostlaydigan qurilma Navbahor va Qiziltepa paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 15 noyabrdagi 01-15/3/79-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi qurilmani joriy etish orqali bir yilda 65 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlik yoki 12% elektr energiyani iqtisod qilish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish