Masharipov Ma’sud Nu’monjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poezd lokomotivlar ekspluatatsiyasi transport jarayonlarining innovatsion texnologiyalari», 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1359.
Ilmiy rahbar: Rasulov Marufdjan Xalikovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nazrilla Nabievich, texnika fanlari doktori; Maxkamov Nurmuxammad Yangiboevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poezd lokomotivlari ekspluatatsiyasi transport jarayonlarida lokomotivlar parki ishini tashkil etishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barcha poezd lokomotivlarining turish vaqti minimal qiymatga ega bo‘lgan variantni aniqlash uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish asosida juftlashgan poezdlar harakati grafigi sharoitida lokomotiv va poezd tarkiblarining o‘rtacha turish vaqtini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning navbatdagi texnik xizmat ko‘rigidan o‘tish jarayonini nazorat qilishni avtomatlashtirish asosida lokomotivlar ishi rejalashtirilayotgan davr uchun lokomotivlarning ekspluatatsiya parkini hisoblash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
aylanish va almashish punktlarida lokomotivlar tarkiblarni yoki, aksincha, kutishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini ko‘rib chiqish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish asosida poezd tarkiblariga lokomotivlarni ulashning optimal variantini tanlash usuli ishlab chiqilgan;
barcha poezd lokomotivlarning turish vaqti minimal qiymatga ega bo‘lgan varianti asosida juftlashmagan poezdlar harakati grafigi uchun zaxira yuborish yoki zaxira olib kelishga nomzod lokomotivni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
lokomotivlarning poezd tarkibi bilan birgalikda turish vaqtini qisqartirish uchun poezd lokomotivlarini samarali ekspluatatsiya qilish usuli chegara ko‘rigi o‘tkaziladigan stansiyalarda lokomotivlar harakatining moslashuvchanlik variantlarini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poezd lokomotivlari ekspluatatsiyasi transport jarayonlarining innovatsion texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
juftlashgan poezdlar harakati grafigi sharoitida lokomotiv va poezd tarkiblarining o‘rtacha turish vaqtini aniqlash usuli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi Chuqursoy saralash stansiyasiga lokomotivlar ishini tartibli rejalashtirish va ularni dislokatsiya qilish uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 25 noyabrdagi 01/6476-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tezkor ravishda lokomotivlarni ekspluatatsiya qilishdagi kutish jarayoniga sarflanadigan vaqtlar bilan bog‘liq foydalanish xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
lokomotivlar ishi rejalashtirilayotgan davr uchun lokomotivlarning ekspluatatsiya parkini hisoblash texnologiyasi “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “Yagona dispetcherlik markazi”ga lokomotivlarning normativ bo‘yicha navbatdagi ko‘rikdan o‘tish muddatini aniqlash uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 25 noyabrdagi 01/6476-19-son ma’lumotnomasi). Natijada lokomotivning o‘rtacha sutkalik bosib o‘tish masofasini 24% ga va lokomotiv ish unumdorligini 21% ga oshirish imkoni yaratilgan;
poezd tarkiblariga lokomotivlarni ulashning optimal variantini tanlash usuli “O‘TY” AJ tasarrufiga kiruvchi “O‘zbekiston” lokomotiv deposiga lokomotivlarning navbatdagi ko‘rikdan o‘tish jarayonini nazorat qilishni avtomatlashtirish va ushbu jarayon yuzasidan statistik ma’lumotlar to‘plash uchun joriy etilgan (“O‘TY” AJning 2019 yil 25 noyabrdagi 01/6476-19-son ma’lumotnomasi). Natijada lokomotivlar ekspluatatsiyasi rejalashtirilayotgan muddatda lokomotivlarni poezdlarga biriktirish imkoniyatini aniqlashga erishilgan.