Islomov Shaxboz Zokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzni tanib olishning samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari», 05.01.05–Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T449.
Ilmiy rahbar: Karimov Madjit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mirzaev Olimjon Nomazovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: «UNICON.UZ» – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz tasvirini aniqlash va tanib olish xatoligini minimallashtirish imkonini beruvchi tezkor tanib olish usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz tasviridagi muhim nuqtalar va ularni tiklash orqali yuz tasvirini aniqlashning uchburchak usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
piksellardagi farq asosida yuz tasvirini qalbakilashtirish hujumidan himoyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
normal yuz tasvirlari bazasi asosida yuz tasvirini normallashtirish usul va algoritmi ishlab chiqilgan;
yuz tasviri bo‘yicha identifikatsiya jarayonida yuz tasvirini tanib olish tezligi va aniqligini oshirish maqsadida fil`tr o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali teran o‘rganish tarmog‘i takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan yuz tasvirini aniqlash, tanib olish samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari hamda dasturiy vositalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuz tasvirini qalbakilashtirishning oldini olish, yuz tasvirini aniqlashdagi xatoliklarni minimallashtirishga imkon beruvchi, yuz tasvirida to‘siq mavjud holatlarda normallashtirish usullari va algoritmlari hamda tanib olishning samarali tarmog‘i asosida ishlab chiqilgan yuz tasviri bo‘yicha identifikatsiya dasturiy vositasi Davlat soliq qo‘mitasining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 33-8/6927-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tashkilot xodimlarining harakatlarini vaqt asosida avtomatik tarzda qayd etishga erishilgan va 91% aniqlik bilan tanib olish imkonini bergan;
murakkab sharoitlarda ham yuz tasvirini aniqlash va tanib olishning samarali usullari va algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita Davlat soliq qo‘mitasi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi davlat unitar korxonasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 33-8/6927-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan «Yuzni tanib olish» dasturi tashkilot hududida xodimlarni identifikatsiyalash orqali nazoratlash, kuzatish vazifalarini bajarish va 90% aniqlik bilan shaxslarni tanib olish imkonini bergan;
yuz tasvirini qalbakilashtirishning oldini olish, to‘siq mavjud holatlarda xatoliklarni kamaytirish va yuz tasivirini tanib olishning samarali usullari va algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining «SSP Maroqand» ko‘p funksiyali axborot markazi unitar korxonasiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 33-8/6927-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan «Yuzni tanib olish» dasturi Windows operatsion tizim muhitida ishlashga mo‘ljallangan va tashkilotga kirishda xodimlarni identifikatsiyalash vazifasini bajarish hamda 90,9% aniqlik bilan shaxslarni tanib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish