Kabulov Nozimjon Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy xomashyolarini saqlash va sanoatda qayta ishlashni nazorat qilish usullari va algoritmlari», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T456.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Varlamova Lyudmila Petrovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy Smart-omborxonalarda tez ayniydigan yog‘-moy xomashyolarni uzoq muddatli saqlash va sanoatni qayta ishlashni takomillashtirish va boshqarish tizimlari uchun tizimli-parametrik sintezlash bo‘yicha algoritmlar, dasturlar va texnik echimlar to‘plamini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tez buziladigan yog‘-moy xomashyosini saqlash va qayta ishlash omborlari texnologik majmualaridagi texnologik jarayonlarni monitoring va nazorat qilish hamda boshqarish uchun muhandislik yondashuvi ishlab chiqilgan;
yog‘-moy ishlab chiqarish ombor xo‘jaligining texnologik majmuasi saqlanadigan resurslari sezilarli o‘zgaruvchanlik xossalariga ega bo‘lgan avtomatlashtirish ob’ekti sifatida tadqiq qilish konsepsiyasi asoslangan hamda texnologik majmuani boshqarish masalasi xomashyoni dastlabki holatdan yakuniy holatga minimal moddiy yo‘qotishlar bilan o‘tkazish masalasi sifatida shakllantirilgan;
bashoratlovchi modelli adaptiv usullardan foydalanishga asoslangan hamda nafaqat o‘lchashning instrumental usullarini, balki virtual organoleptik tajribaviy baholashni amalga oshiruvchi o‘simlik xomashyolarini saqlash va qayta ishlash jarayonlarini modellashtirishga bo‘lgan yondashuv ishlab chiqilgan;
o‘simlik xomashyolarini saqlash va qayta ishlashning ko‘p o‘lchamli va ko‘p aloqali jarayonlarini bashoratlovchi modellar asosida boshqarish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘-moy xomashyosini saqlash va sanoatda qayta ishlash jarayonlarining avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish uchun boshqarish usullari, algoritmlari va modellarini ishlab chiqish natijalari asosida:
yog‘-moy xomashyosini saqlash va sanoatda qayta ishlashning texnologik jarayonlari modellari «Asaka yog‘» AJda joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» assotsiatsiyasining 2019 yil 18 noyabrdagi AA/01-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada jarayonni boshqarish sifati yaxshilanishiga erishishga imkon bergan;
saqlanayotgan xomashyolarni qayta ishlash bo‘yicha texnologik majmualarni avtomatlashtirish tizimlarini sintezlashning muhandislik uslubiyati «Asaka yog‘» AJda joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» assotsiatsiyasining 2019 yil 18 noyabrdagi AA/01-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada saqlanayotgan xomashyolarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga imkon bergan;
yog‘-moy xomashyosini saqlashdagi mikroiqlim parametrlarini masofadan nazorat qilish qurilmasi va qurilmani boshqarishning dasturiy ta’minoti «Asaka yog‘» AJda joriy qilingan («O‘zyog‘moysanoat» assotsiatsiyasining 2019 yil 18 noyabrdagi AA/01-1619-son ma’lumotnomasi). Natijalar yog‘-moy xomashyosini saqlashdagi mikroiqlim parametrlarini nazorat qilish sifatini yaxshilash imkonini bergan.