Ishmuratov Xikmat Kaxarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eyilish me’zoni asosida paxta terish mashinalarining tishli uzatmalari resursini nazariy asoslash», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1310.
Ilmiy rahbar: Irgashev Amirqul Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Kotibovich, texnika fanlari doktori, professor; Shukurov Rustam Utkurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eyilish me’zoni asosida paxta terish mashinalarining tishli uzatmalari resursini nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhitning changlanishi sharoitida tishlarning ponasimon tirqishlari zonasida abraziv zarralar ishtirokida, ularning maydalanishidan oldin va keyin tishlarning g‘adir- budurligi evaziga davom etadigan tishlarning eyilishini hisoblash ilmiy metodologiyasi taklif etilgan;
tishli g‘ildiraklarning tishlari orasida sirpanish mavjud bo‘lganda va mavjud bo‘lmaganda abraziv zarralar ishtirokida va ishtirokisiz ochiq tishli uzatmalar tishlarining eyilish tezligini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ochiq tishli uzatmalarning eyilishi va resursini ta’minlaydigan atrof-muhitning maksimal ruxsat etilgan changlanish darajasini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
paxta terish apparati ajratkich tishli g‘ildiraklari tishlarining eyilish bardoshliligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
paxta terish apparati ajratkich ochiq tishli g‘ildiraklari tishlarining eyilish sinov muddati ilashish modulini hisobga olgan holda asoslangan;
paxta terish apparati ajratkich tishli g‘ildiraklari tishlarining eyilish jarayonida ishtirok etadigan va tish yuzasida ushlab qolinadigan abraziv zarrachalarning eng katta hajmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta terish mashinalarining eyilish mezonlari asosida tishli uzatmalar resursini asoslash bo‘yicha olingan natijalar ilmiy natijalar asosida:
paxta terish mashinalarining ajratkich ochiq tishli uzatmalari uchun material tanlash va unga termik ishlov berish rejimlari “Qashqadaryo Agroservis MTP” MChJ, “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJ, “Sirdaryo Agroservis MTP” MChJlarga joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2009 yil 10 avgustdagi AK/11-182-son ma’lumotnomasi). Natijada erkin holatda havoda bo‘lgan abraziv zarrachalar bilan ochiq tishli uzatmalarning eyilish bardoshliligi va resursi davriy baholanib, ochiq tishli uzatmalarning eyilish va resurs muddatini oldindan aniqlash natijasida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda mashinaning samarasiz turib qolishi 10–15% ga kamaygan;
paxta terish mashinalarining ajratkich ochiq tishli uzatmalarining eyilish nazariyasi “Qashqadaryo Agroservis MTP” MChJ, “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJ, “Sirdaryo Agroservis MTP” MChJlarga joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2015 yil 10 avgustdagi AK/11-182-son ma’lumotnomasi). Natijada ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojni dastlabki aniqlash natijasida mashinalarning ta’mirlashda samarasiz turib qolishi 12–15% ga qisqartirilishiga imkon bergan;
ajratkich tishli uzatmalar resurslarini oshirish “Qashqadaryo Agroservis MTP” MChJ, “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJ, “Sirdaryo Agroservis MTP” MChJlarga joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 9/10/2019 yildagi AK/11-182-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘ta chang sharoitda ishlaydigan PTMlar ochiq tishli g‘ildiraklari yuzasiga joylashib qolgan eng katta abraziv zarrachalar hajmi aniqlanib, tishli g‘ildiraklar resursi asoslanib, ularning jadal eyilishining oldini olish uchun tezlashtirilgan qaror qabul qilish imkoni yaratilgan.