Norqulov Bexzod Eshmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘g‘onsiz suv olish ishonchliligini oshirishning gidravlik usullarini takomillashtirish», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1233.
Ilmiy rahbar: Bazarov Dil`shod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘onsiz suv olish ishonchliligini va samaradorligini oshirishning gidravlik usullarini takomillashtirish hamda tubi deformatsiyalanuvchi kanallar o‘zanlarida suv oqimining harakati modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘onsiz suv olish hududida oqimning asosiy gidrodinamik parametrlari baholash usullari oqimning bo‘linishi tahlili usuli asosida ishlab chiqilgan;
gidrouzelning kirish qismlaridagi suv oqimining harakatini ifodalovchi bir o‘lchamli matematik model` Sen Venan tenglamalari asosida takomillashtirilgan;
suv olish kanaliga loyqa cho‘kindilar kirishini kamaytirishni ta’minlovchi usullar asosida gidravlik va konstruktiv sxemalar ishlab chiqilgan;
to‘g‘onsiz suv olish inshooti ishonchliligini ta’minlab, o‘zan tubi cho‘kindilarining oqib kirishini bartaraf etuvchi inshoot ostonasining qirg‘oq chizig‘iga nisbatan  optimal joylashish burchagini aniqlash usuli ostona o‘lchamlarini tanlash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘onsiz suv olish ishonchliligini va samaradorligini oshirishda gidravlik usullarni takomillashtirish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘onsiz suv olish hududida oqimning asosiy gidrodinamik parametrlarini baholash usuli  va suv olish hududi sharoitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 03/25-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘onsiz suv olishning ishonchliligini oshirish va o‘zan jarayonlarini bashorat qilish imkoni yaratilgan;
to‘g‘onsiz suv olishda kirish kanalidagi o‘zan jarayonlarni hisoblovchi bir o‘lchamli matematik model` Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 03/25-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada suv oqimi va o‘zan tubi oqiziqlari orasidagi bog‘lanish qonuniyatlari va to‘g‘onsiz suv olish inshooti sohasida o‘zandagi jarayonlar xarakterini aniqlash imkoni yaratilgan;
to‘g‘onsiz suv olish ishonchliligini oshirishda, o‘zan tubi oqiziqlarining kirishini kamaytiruvchi qirg‘oq chizig‘iga nisbatan ostonaning optimal joylashish burchagini tanlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 03/25-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zan tubi oqiziqlarining kirishini 20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
suv olish kanaliga loyqa cho‘kindilar kirishini kamaytirishni ta’minlovchi usullar asosida ishlab chiqilgan gidravlik va konstruktiv sxemalar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Zang irrigatsiya tizimlari boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 03/25-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborlarining pastki b’efidagi o‘zan jarayonlarining oldi olingan va loyqa cho‘kindilarning suv omboriga kirishini 10% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish