Kamaletdinov Shoxrux Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir yo‘l transporti va yuk tashish xizmatidan foydalanuvchilarning munosabatlaridagi jarayonlar texnologiyasini takomillashtirish», 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T820.
Ilmiy rahbar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, PhD.28.06.2018.T.73.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Kobiljon Taxirovich, texnika fanlari doktori; Mirxamidov Shuxrat Shavkatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l transporti va yuk tashish xizmatidan foydalanuvchilarning munosabatlaridagi jarayonlar texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarmoqli rejalashtirish va boshqarish usullari asosida operatsiyalarni amalga oshirishning kritik muddatlarini aniqlash uchun yuk tashishlarni rasmiylashtirish jarayonlarida kompozit hujjat aylanishining modellari ishlab chiqilgan;
hujjatlar sifatini tashkil etuvchi atributlar asosida hujjat aylanishini modellashtirish uchun tashish hujjatlari sifatini miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan;
mantiqiy sxemalar asosida elektron hujjatlaridan foydalanish natijalarini taqqoslash uchun tashish hujjatlari sifatiga bog‘liq holda jarayonlarning vaqt tavsiflarini baholash modeli yaratilgan;
dinamik ehtimoliy yuklangan graflar nazariyasi asosida tadqiqot natijalarining mosligini asoslash uchun dinamik ehtimol texnologik jarayonning modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti va yuk tashish xizmatidan foydalanuvchilarning munosabatlaridagi jarayonlar texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti mahalliy qatnovlarda tashishni rejalashtirish va hisobga olish, tashish hujjatlari bilan ishlash, ortish tushirish operatsiyalarini rasmiylashtirish jarayonlarining tarmoqli rejalashtirish va boshqarish usullari orqali ishlab chiqilgan kompozit hujjat aylanishining modellari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi Yuk va tijorat ishlari boshqarmasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 13 noyabrdagi 01/6309-19-1-son ma’lumotnomasi). Natijada yuk qabul qiluvchi, yuk jo‘natuvchi va temir yo‘l mablag‘larini tejash, mehnat samaradorligini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilgan hamda transport hujjatlarini rasmiylash-tirishning me’yoriy muddati 30–40 foizgacha kamaytirish imkonini bergan;
temir yo‘l transporti xalqaro qatnovlarda tashish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini avtomatlashtirishning dinamik ehtimoliy yuklangan graflar nazariyasi orqali asoslangan ma’lumotli modellari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot rivojlantirish boshqarmasiga «Yagona oyna tamoyili asosida yuklarni tashish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishning avtomatlashtirilgan tizimi» loyihasini bajarish uchun joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 13 noyabrdagi 01/6309-19-1-son ma’lumotnomasi). Natijada yuk jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilarning hujjatlarni rasmiylashtirish va jarayonlar vaqtini optimallashtirishdan olingan yillik sarflarni tejash, temir yo‘llardagi umumiy tejashning 20–30 foiziga erishilgan;
yuk tashishni elektron rasmiylashtirish tartiblari mantiqiy sxemalari va amaliy dasturiy ta’minotlar asosida yuklarni tashish jarayonida buyurtmalarni masofadan qayta ishlash uchun tashishni rejalashtirishning elektron moduli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi yuk va tijorat ishlari boshqarmasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2019 yil 13 noyabrdagi 01/6309-19-1-son ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l transportida ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlari sifati oshgan va tashish hujjatlari bilan ishlovchi xodimlarning ish unumdorligi 1,3 barobar oshirish imkonini yaratgan.