Karimov Sanjar Mirvositovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish sharoitida to‘qimachilik sanoatining tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirish», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt166.
Ilmiy rahbar: Nasirxadjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning innovatsion-sanoat taraqqiyotiga o‘tish sharoitida to‘qimachilik sanoatini tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va ilmiy-uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik klasteri doirasida sun’iy tolalarni ishlab chiqarishni maxalliylashtirish va to‘qimachilik klaster sikllarini to‘laqonli tashkil etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish asoslangan;
to‘qimachilik texnologik zanjirini takomillashtirish jarayonida sun’iy tolalarni tabiiy paxta kalavalariga aralashtirib ishlab chiqarish hamda yuqori navli paxta urug‘laridan foydalanishda texnologik sikllarning iqtisodiy samara berishi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksportining iqtisodiy o‘sishga jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida YaIM qo‘shimcha o‘sishining uzoq muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mahsulotlarni ishlab chiqarishda xatarlarni oldini olish hamda maxsulot strukturisada tabiiy va kimyo mahsulotlari uyg‘unligini ta’minlashni hisobga olgan holda to‘qimachilik sanoatini uzoq va o‘rta muddatga rivojlantirish prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoatini rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik klasteri doirasida sun’iy tolalarni ishlab chiqarishni maxalliylashtirish va to‘qimachilik klaster sikllarini to‘laqonli tashkil etish asosida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar, jumladan «CertusTextile» MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 2 avgustdagi DM-10-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish hisobiga korxonada ishlab chiqarish xarajatlari 10 foizga qisqargan;
to‘qimachilik texnologik zanjirini takomillashtirish jarayonida sun’iy tolalarni tabiiy paxta kalavalariga aralashtirib ishlab chiqarish hamda yuqori navli paxta urug‘laridan foydalanishda texnologik sikllarning iqtisodiy samaradorligi asoslandi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar, jumladan «CertusTextile» MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 2 avgustdagi DM-10-sonli ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni amalga oshirish hisobiga korxonaning sof daromadi 14,5 mln so‘mga oshgan;
to‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksportining iqtisodiy o‘sishga jadallashtiruvchi ta’sirini baholash asosida YaIM qo‘shimcha o‘sishining uzoq muddatli prognoz parametrlari asoslanganligi bo‘yicha tavsiyalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar, jumladan «CertusTextile» MChJ korxonasiga joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 2 avgustdagi DM-10-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari har 1000 kilogrammga 205100 so‘mga qisqardi, mahsulot rentabelligi 3,1 foizga oshish imkonini bergan;
mahsulotlarni ishlab chiqarishda xatarlarni kelib chiqishi hamda maxsulot strukturisada tabiiy va kimyo mahsulotlari uyg‘unligini ta’minlashni hisobga olgan holda to‘qimachilik sanoatini uzoq va o‘rta muddatga rivojlantirish prognozlarini asosida tavsiyalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalar, jumladan «Jamastyle» MChJ korxonasiga tavsiyalar joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 2 avgustdagi DM-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxona o‘tgan yilga (2018 yil) nisbatan 3,9 mln so‘m samaradorlikka erishdi, 2019 yilning 2 choragida esa korxonaning sof foydasi 2018 yil yil shu davriga nisbatan 8,5 foizga o‘sish imkonini bergan.