Xodjiev Alisher Kuldashevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv ombori gidrologik rejimining o‘zan jarayonlariga ta’siri (Tuyamo‘yin gidrouzeli misolida)», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T964.
Ilmiy rahbar: Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Oleg Yakovlevich Glovatskiy, texnika fanlari doktori; Alisher Mirzatilloevich Fatxulloev, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tekislik daryolaridagi suv ombori gidrologik rejimining yuqori b’ef o‘zan jarayonlariga ta’sirini inobatga olib, suv omborlarining ish rejimini yangi informatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari gidrologik rejim ma’lumotlar bazasi onlayn axborot almashinuvini ta’minlovchi dastur asosida ishlab chiqilgan;
suv ombori foydali hajmining o‘zgarishini hisoblash usuli yilning suv bilan ta’minlanganligi va suv ombori sathining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
suv omborini loyqa bosgan hajmini hisoblash usuli suv sathining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
suv ombori ish rejimini hisoblash kompyuter dasturi va GAT modeli yilning suvlilik darajasi va suv ombori o‘zanidagi jarayonlarini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv omborlari ish rejimini takomillashtirish, suv omborining suv hajmini oldindan bashoratlash va ularning ekspluatatsiya qilishda eng optimal rejimini tanlaydigan kompyuter dasturidan foydalanib olingan natijalar asosida:
suv ombori foydali hajmining o‘zgarishini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 03/25-1512-son ma’lumotnomasi). Natijada suv hajmi W=f(H) va yuza F=f(H) egri chiziqlar grafigi qurilgan va suv omborlarining foydali hajmining aniq miqdorini aniqlash imkoni yaratilgan;
suv ombori ish rejimini hisoblash kompyuter dasturi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 03/25-1512-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga O‘zan suv omborini loyqa bosish jarayonini 1,0–1,5 mln m3 ga kamaytirish, pastki b’efga o‘tayotgan suv loyqaligini 0,1 kg/m3 ga oshirish, suv ombori kosasidan besamar yo‘qolayotgan suv miqdorini ko‘p suvli yillarda 7%, o‘rtacha suvli yillarda 13% ga kamaytirish va suv kam yillarda suv bilan ta’minlanganlikni 2–2,3 km3 (36%)ga, o‘rtacha suvlilikda 0,5–0,67 km3 (5–6%)ga ko‘tarish imkoni yaratilgan;
suv omborlari gidrologik rejim ma’lumotlar bazasi va GAT modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 03/25-1512-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, suv balansini hisoblashda suv ombori kosasida foydasiz suv hajmini aniqlash hamda suv yo‘qotishlarni kamaytirish evaziga 320–400 mln m3 suvni tejash, 35–48 ming gektar maydonning suv ta’minotini yaxshilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish