Xamudxanov Mansur Muzaffarovichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nasos qurilmalari rostlanadigan ko‘p motorli elektr yuritmalarini energiya-resurstejamkor tizimlari», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T284.
Ilmiy maslahatchi: Kamalov Tolyagan Sirajiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maksud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos qurilmalarining energiya- va resurstejamkor rostlanuvchi ko‘p motorli elektr yuritmali tizimlarini, shuningdek chastotaviy-rostlanadigan elektr yuritmali nasos stansiyalarining ish rejimlarini avtomatik boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv uzatishga eng kam solishtirma elektr energiya sarfini ta’minlash sharti bilan nasos agregatining energiya tejaydigan ish rejimlarini aniqlash uchun nasos qurilmasining asosiy texnologik parametrlari funksiyasida matematik modeli ishlab chiqilgan;
suv uzatish jarayonini oqilona va tejamkorlik bilan ta’minlash maqsadida nasos stansiyalarining energiyatejamkor rejimli xaritalarini shakllantirish uslubiyati ularning konstruktiv, texnologik va ish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
elektr energiyasining eng kam solishtirma sarfi mezoni bo‘yicha nasos qurilmasini  optimal boshqarish tamoyili nasos agregatlarining yurituvchi elektr motorlari aylanish chastotalari optimal qiymatining yuqori aniqligini ta’minlash uchun ularning ish rejimlariga qo‘yilgan chegaralanishlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
umumiy bosimli o‘tkazish quvurli gidravlik tarmoqdagi nasos agregatlarini mos parallel ishini ta’minlash uchun asinxron rotor-ventilli kaskad asosida amalga oshiriladigan nasos qurilmalarining ikki va ko‘p motorli elektr yuritmalarning tizimlari ishlab chiqilgan;
avtomatik boshqarish tizimi boshqarish konturlarini birga bo‘ysunish tamoyilidan foydalanib, nasos qurilmasini yurituvchi elektr motorlarining aylanish chastotalari moslanganligini ta’minlash uchun bo‘ysunuvchi rostlash tamoyili bo‘yicha qurilgan “elektr bog‘lanishli ko‘p motorli istiqbolli elektr yuritma-nasoslar-bosimli tarmoq” avtomatik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
nasos qurilmasi tarkibidagi nasos agregatlarining chastotaviy-rostlanadigan elektr yuritmali suv ko‘tarish nasos stansiyasining energiya- va resurstejamkor ish rejimlarini ta’minlash uchun avtomatik boshqarish qurilmalarining sxemaviy echimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv ko‘tarish nasos stansiyalari energetik samaradorligining oshirilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalari uchun elektr energiya sarfining bazis me’yorlarini hisoblash va ishlab chiqish Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) Birlashgan energetika xizmati (BEX)ga joriy etilgan (NKMKning 2019 yil 24 oktyabrdagi 02-06-04/13572-son ma’lumotnomasi). Natijada NKMK BEX nasos stansiyalarida 295600 kVt∙soat elektr energiyasi iqtisod qilingan, moliyaviy samaradorlik 87,245 mln so‘mni tashkil qilgan;
nasos agregatlarini parallel avtomatik boshqarish uchun 200 kVt quvvatga ega chastota rostlanadigan elektr yuritmani, nasos agregatini 800 kVt quvvatga ega sinxron dvigatel` qo‘zg‘atish toki bilan mikroprotsessorli boshqarish tizimini modernizatsiya qilish NKMK Birlashgan energetika xizmati ob’ektlarida nasos qurilmasi tarkibida joriy etilgan (NKMKning 2019 yil 24 oktyabrdagi 02-06-04/13572-son ma’lumotnomasi). Natijada NKMK BEX nasos stansiyalari va ob’ektlari bo‘yicha 211880 kVt∙soat elektr energiya iqtisod qilingan hamda moliyaviy samaradorlik 33,49 mln. so‘mni tashkil qilgan;
suvni haydash nasos stansiyasining 315 kVt quvvatga ega 1D125-63 tipidagi nasos agregatlarini rostlanuvchi elektr yuritmalari uchun nasos qurilmasining elekr yuritma tizimini modernizatsiya qilish Qo‘ng‘irot soda zavodi suv aylanish sikliga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 5 noyabrdagi 14-6827-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot soda zavodi suv aylanish sikli nasos stansiyasi bo‘yicha 239400 kVt∙soat elektr energiya iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish