Djuraeva Sojida Ravshankulovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek adabiyoshunosligida mumtoz lirik janrlar tadqiqi (ruboiy, tuyuq, qit’a misolida)", 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil522.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy  opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich filologiya fanlari doktori;
Ergash Ochilov, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek she’rshunosligida kichik mumtoz lirik janrlardan ruboiy, tuyuq, qit’aning tadqiq etilish prinsiplarini aniqlash, bu borada yuzaga kelgan muammoli masalalarga oydinlik kiritish, mavjud nazariy chalkashliklarni asoslash, munozarali masalalar echimini topishda o‘zbek olimlari xizmatini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asr o‘zbek she’rshunosligida kichik lirik janrlar tadqiqi borasidagi nazariy masalalar va ilmiy prisiplar aniqlangan;
qit’a qofiyalanishiga ko‘ra masnaviy, g‘azal yoki to‘rtlik shaklidagi janrlardan farqlanishi e’tiborga olinmasligi natijasida yuzaga kelgan noto‘g‘ri nazariy  xulosalar va “g‘azali-qit’a”, “tuyuq-qit’a”, “tuyuq-ruboiy” tarzida janrlarni bir-birdan ajratish prinsiplarida noaniqlik va qorishiqlik mavjudligi isbotlangan; 
ham janr, ham badiiy san’at nomi hisoblangan atamalar ba’zan bir-birdan farqlanmasdan qo‘llanilishi kuzatilgan hamda adabiyotshunoslikda istixroj (kitobat) va muammo san’atlarining tadqiqidagi noo‘rin nazariy qarashlarga oydinlik kiritilgan;
oddiy marsiyalarning mazmuniy taraqqiyoti – ta’rix janrining taraqqiyoti sifatida noto‘g‘ri tahlil etilishi ochib berilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr o‘zbek adabiyoshunosligida lirik janrlar tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
lirik janrlarning o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganlishi prinsiplari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosalardan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy-ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi 89-03/2740-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi bilan o‘zbek adabiyotida lirik tur va janrlarning vujudga kelishi, shakllanishi va takomilida arab, fors-tojik adabiyoti, XIX asr oxiriga kelib jahon adabiyotining ta’siri, adabiy-madaniy aloqalar va o‘zaro ta’sir turli millatlar adabiyotida bir-biriga o‘xshash badiiy shakllar va adabiy janrlarning yuzaga kelishidagi ahamiyati singarilarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi an’analarining, ruboiy, tuyuq, qit’a kabi mumtoz lirik janrlarning tarbiyaviy rolidagi ahamiyati bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosalardan XT-F2-004-raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 6-fevraldagi ¬89-03-521-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ulug‘ ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirishda, ularning ma’naviy dunyosini kengaytirish va go‘zal xulq egasi qilib tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi ta’sirida vujudga kelgan ruboiy, tuyuq, qit’adagi axloqiy-ta’limiy mazmunning roli beqiyos ekanligi yoritib berilgan.
XX asr o‘zbek she’rshunosligida “lirik janrlar” tarmog‘ining taraqqiy etishi, buning natijasida lirikaning mumtoz va zamonaviy janrlari keng o‘rganilganligi; janriy mezonlar masalasidagi noaniqliklar tufayli adabiyotshunosligimizda ruboiy, tuyuq va qit’a o‘rtasida hamda ta’rix va marsiya, muammo va istixroj singari janr va san’atlar tadqiqidagi chalkashliklar yuzasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” adabiy-ijodiy to‘garagida ma’ruzalar o‘qilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 9 yanvardagi 01-03-06/25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yosh ijodkorlarning XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida lirik janrlar tadqiqi xususida, shuningdek, lirik janrlar hamda she’riy san’atlarni belgilashda mezon masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lishida ko‘maklashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish