Xidirova Charos Murodilloevnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim tizimlarida holatlarni adaptiv baholashning modellari, algoritmlari va dasturiy ta’minoti», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T447.
Ilmiy rahbar: Radjabov Baxtiyor Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori; Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab axborot tizimlar turkumiga kiruvchi ta’lim axborot-boshqaruv tizimi o‘quv jarayonida holatlarni adaptiv baholashning modellari va algoritmik-dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda tasniflash masalalarini echish uchun sirpanuvchi oynalar asosida approksimatsiyalashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan; 
sirpanuvchi oyna usuli asosida murakkab tizimlarda ob’ektlar holatini adaptiv baholash modellari ishlab chiqilgan;
baholarni hisoblash algoritmlari asosida adaptiv baholash tizimida ekspertlar sifatini baholash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
korporativ tarmoqda ishlashga mo‘ljallangan taqsimlangan virtual nazorat tizimi komponentlarining o‘zaro ta’sir protokoli algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tanib olish usullari yordamida murakkab tizimlarda holatlarni adaptiv baholash masalalarini echish maqsadida ishlab chiqilgan model, algoritm va dasturiy ta’minot asosida:
modul shaklidagi issiqlik almashtiruvchi radiator mahsulotlarini ishlab chiqishda ularning holatini baholash hamda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarini tahlil qilish amaliyotida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi Adaptive Assessment dasturiy vositasi «Avtotraktorradiator» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7392-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida korxonada ishlab chiqarilgan modul shaklidagi issiqlik almashtiruvchi radiator mahsulotlarining ish jarayonidagi holatini aniqlashda qaror qabul qilish samaradorligi 10 foizga oshgan va bu umumiy ish faoliyatining foydalilik koeffisientini yiliga 4–5 foizga o‘sish imkonini bergan;
sirpanuvchi oyna usuli asosida ishlab chiqilgan murakkab tizimlarda holatlarni adaptiv baholash modellari va dasturiy modullari Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasida axborotlarni qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari faoliyatini baholash va tasniflash masalalarini hal etishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7392-son ma’lumotnomasi). Axborotlarni qayta ishlash va adaptiv baholash tizimida xizmat ko‘rsatish ob’ektlari faoliyati monitoringini 20–30 foizga tezkor o‘tkazish orqali umumiy ish faoliyatining koeffisientini yiliga 4–6 foizga o‘sish imkonini bergan;
murakkab tizimlarda holatlarni baholash va uning natijasida tegishli tahlil hamda boshqarish masalalarining echimiga qaratilgan model, algoritm va dasturiy modullardan foydalanib, tashkilotlarda mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini adaptiv baholovchi dasturiy vositalar ishlab chiqishda «BePro dasturchilar markazi» va «DeveloperGroup» MChJlarda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7392-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan model va algoritmlardan foydalanib, dasturiy vositalar yaratish natijasida dasturchilar markazi yillik daromadini 25 foizga oshishiga erishilgan;
o‘quv jarayonidagi holatlarni adaptiv baholash, bilim oluvchilarni ob’ektiv baholash va qobiliyatiga ko‘ra tasniflash hamda akademik kredit tizimida talabalarning keyingi bosqichni tanlashlarida to‘g‘ri qaror qabul qilishda ko‘maklashish modullariga ega dasturiy ta’minot Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Chirchiq davlat pedagogika institutida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 33-8/7392-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan usul, model va algoritmlar asosida qurilgan adaptiv baholash tizimining o‘quv jarayonlariga qo‘llanilishi an’anaviy usulga nisbatan 8–12 foizga ko‘proq samarali natijaga erishish mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish