Sherboboeva Gulrux Baxtiyorovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mul`tiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlarining samaradorligini tadqiq qilishning neyro-noravshan modellari va algoritmlari», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T81.
Ilmiy rahbar: Maraximov Avazjon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Isaev Rixsi Isaxodjaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mul`tiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlari samaradorligini baholashning neyro-noravshan modellari va algoritmlarini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dastlabki ma’lumotlar noaniqligi sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi mul`tiservis tarmoqlarini boshqarish tizimi samaradorligini baholashning noravshan to‘plam ko‘rinishidagi modeli yaratilgan; 
mul`tiservis tarmog‘i va uning vositalari tavsiflarini aniqlashning neyro-noravshan modellari ishlab chiqilgan;
mul`tiservis tarmog‘i uchun vaqt tavsiflari (kanallarning o‘tkazish qobiliyati, axborotlarni ushlanib qolishi va yo‘qotilishi)ni hisoblashning neyro-noravshan modellar asosidagi hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
mul`tiservis tarmog‘ini boshqarish samaradorligini baholashning va uning optimal qiymatlarini topish masalasi uchun imitatsion modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mul`tiservis tarmoqlarida boshqarish jarayonlarining samaradorligini tadqiq qilishning neyro-noravshan modellari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
noaniqlik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi mul`tiservis tarmoqlarini boshqarish tizimi samaradorligini baholashning noravshan to‘plam ko‘rinishidagi modeli Qashqadaryo Radio televideniya uzatish markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33-8/5936-son ma’lumotnomasi). Natijada mul`tiservis tarmog‘idagi axborotlar oqimining tezligini 20% ga, kanallarning o‘tkazish qobiliyatini 15% ga orttirishga erishilgan;
mul`tiservis tarmog‘i va uning vositalari tavsiflarini aniqlashning neyro-noravshan modellari, mul`tiservis tarmog‘i uchun vaqt tavsiflarini hisoblashning neyro-noravshan modellar asosidagi hisoblash algoritmlari “UMS” MChJ Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar xizmat ko‘rsatish markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33-8/5936-son ma’lumotnomasi). Natijada mul`tiservis tarmog‘i samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni axborot oqimi intensivligini 5–7% ga oshirish hamda axborotlarni yo‘qotilish darajasini 5,2% dan 11,3% gacha kamaytirish imkonini bergan; 
mul`tiservis tarmog‘ini boshqarish samaradorligini baholashning va uning optimal qiymatlarini topish masalasi uchun imitatsion modellash tizimi O‘zbek-Indoneziya qo‘shma korxonasining “O‘zI-Qarshi” filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33-8/5936-son ma’lumotnomasi). Natijada mul`tiservis tarmoqlarida turli xildagi noaniqliklar sharoitida ma’lumotlar oqimini boshqarish jarayonlarini samaradorligini baholash imkonini berib, axborotlarning yo‘qotilishi 7% ga kamayishi hamda axborotlarni uzatilish aniqligi mavjud tizimlarga nisbatan 5% ga yuqori bo‘lishini ko‘rsatgan;
mul`tiservis tarmog‘i uchun vaqt tavsiflarini hisoblashning neyro-noravshan modellar asosidagi hisoblash algoritmlari ”O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33-8/5936-son ma’lumotnomasi). Natijada mul`tiservis tarmoqlarining boshqarish jarayonlarining samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini, axborotlarning yo‘qotilishini kamaytirish hamda xizmat ko‘rsatishning sifatini 5–7% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish