Rajapov Odil Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta-nitron aralashmali tolalarni yigirishning nazariy va amaliy acoclari», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyaci va xomashyoga dactlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T474.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil canoat inctituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil canoat inctituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abducamatovna, texnika fanlari doktori; Erkinov Zokir Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falcafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika inctituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta yigirish mashinalarida olinadigan paxta-nitron aralash iplarini ishlab chiqarish texnologiyacini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqali va pnevmomexanik yigirish usulida olingan ipning xosalariga aralashma tarkibida nitron va paxta tolalarni nisbatining ta’sirini aniqlangan;
shlyapkali tarash mashinasi qabul barabanining garniturasi tishlari yuzasi bo‘ylab tolalar harakati analitik o‘rganilgan va vaqtni e’tiborga olgan holda tolalar harakati tenglamasi ishlab chiqilgan;
ilk bor paxta tolalarini nitron tolalari bilan aralashtirish usullarining samarasi aniqlangan;
ishchi organlarga harakat uzatmalari va ta’minlash stolchasi tuzilishining yangi konstruksiyalarini yaratish orqali pnevmomexanik yigirish mashinasi takomillashtirilgan;
chiziqiy zichligi 18,5 teks (Ne 31,9) va 29 teks (Ne 20,3) yigirilgan paxta-nitron ip namunalari olish uchun texnologik rejimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pnevmomexanik yigirish mashinasining ishchi organlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinacining acociy ishchi qicmlariga harakat o‘zatish uchun O‘zbekicton Recpublikaci Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Remennaya peredacha», № FAP 00557–2008 y.). Natijada tishli shkiv aylanishining bir xilligi ta’minlanib, xoccalari bo‘yicha ipning notekicligi kamaytirilgan;
yigirish mashinacida ta’minlash ctolchaciga O‘zbekicton Recpublikaci Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Pitayushhiy ctolik pryadil`nogo uctroyctva», № FAP 00805–2012 y.). Natijada dickreklovchi zonada ipning ta’minlash sharoitini yaxshilash imkonini bergan, bu eca ip cifatini oshirishga olib kelgan;
aralashtirilgan paxta-nitron iplari ishlab chiqarish natijalari “Osborn Textile” MChJga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmacining 2019 yil 3 iyundagi 03/06-2572-con ma’lumotnomaci). Natijada paxta-nitron iplarining optimal sifatini ta’minlaydigan komponentlarning proporsional qiymatlari aniqlangan hamda olingan aralashmadagi ipning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha nuqsonlari 38% ga, uzilishlar soni 33% ga kamaygan.