Muxamedbaev Abdugafur Abduvalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mexanoaktivlashtirilgan ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchilar va ular asosidagi ko‘pikbetonlar», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T488.
Ilmiy rahbar: To‘laganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor; Soy Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanik usulda aktivlashtirilgan ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchilar va ular asosidagi ko‘pikbetonlarni tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ETF toshqolini mexanik usulda aktivlashtirish vaqtida faol mineral va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanish natijasida ishqorli bog‘lovchini fizik-mexanik xossalarini yaxshilashga erishilgan; 
ilk bor zarrachalararo bo‘shliq ko‘rsatkichini aniqlashga asoslangan bog‘lovchi materiallarni maydalik darajasini hamda bog‘lovchini suvdagi suspenziyasini rN va oksidlanish-tiklanish potensialiga asoslangan bog‘lovchi tarkibidagi mineral qo‘shimchaning miqdorini aniqlashning yangi usullari ishlab chiqilgan;
tarkibida ETF toshqoli, portlandsement klinkeri, klinker kuydirishdagi pech orti changi va soda bo‘lgan ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchining yangi tarkiblari ishlab chiqilgan; 
ko‘pik hosil qiluvchining ishqorli bog‘lovchining kontrol` tarkibiga nisbatan fizik-mexanik xossalariga, qotish jarayonlariga va u asosidagi toshning mikrostrukturasiga ta’siri aniqlangan;
asosiy alyumosilikatli komponenti ETF toshqoli bo‘lgan mexanik aktivlashtirilgan bir va ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchilar asosida avtoklavsiz usulda ko‘pikbetonlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mexanik usulda aktivlashtirilgan ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchilar va ular asosidagi ko‘pikbetonlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bog‘lovchining maydalik darajasini aniqlash usuli «Bekobodsement» AJda joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 24 iyuldagi 05/06-1245-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sharoitlaridagi maydalik darajasini aniqlashning tezkorligini oshirish imkonini bergan;
mexanik usulda aktivlashtirilgan ishqorli bog‘lovchi asosida ko‘pikbetonni sinov partiyasi «Bekobodsement» AJda ishlab chiqarilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2019 yil 24 iyuldagi 05/06-1245-son ma’lumotnomasi). Natijada amaldagi standart talablariga javob beruvchi mahsulot olish imkonini bergan;
mexanik usulda aktivlashtirilgan ko‘p komponentli ishqorli bog‘lovchining tarkibiga hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik liniyaga O‘zR IMAning ixtiro va foydali modeliga patentlari olingan («Bog‘lovchi», № IAP  05647-2018 y., «Maydalik darajasini aniqlash usuli», № IAP 06008-2019 y. va «Kam klinkerli shlak-ishqorli bog‘lovchini ishlab chiqarish usuli», № FAP 01395-2019 y.). Natijada ishlab chiqilgan tarkib asosida mustahkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchini va uni ishlab chiqarishni soddalashtirilgan texnologik liniyasini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish