Abralov Muzaffar Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida yaxshilangan sifatli nordon qoplama turdagi payvandlash elektrodlarining qoplamasi tarkibini va tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1127.
Ilmiy rahbar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyosi asosida nordon turdagi qoplamali dastaki yoy payvandlash elektrodlarini shlakli asosda ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nordon turdagi dastaki yoyli payvandlash elektrodlari qoplamasini tayyorlash uchun imkoniyatli komponentlar sifatida dolomit, kaolin, dala shpatining kimyoviy tarkibini tanlab olish va o‘rganish asoslangan;
dastaki yoyli payvandlashda payvandlash vannasi fazalarining barcha tashkil etuvchilari o‘zaro munosabatining ko‘p variantli sxemasi ishlab chiqilgan;
nometall tizimlarning (Ca, Mg, Ti, Al, Si oksidlar) fazalar muvozanatlari diagrammalaridan foydalanib, mahalliy mineral xomashyo asosida elektrod qoplamalarining kompozisiyalari variantlari taklif qilingan;
payvand choklarining mustahkamlik xossalarini 8–10% ga oshirishga imkon beruvchi CaO-SiO2-TiO2 uch tomonli tizimning eruvchanlik diagrammasi asosida tanlab olingan mahalliy ruda-mineral xomashyosidan olingan materiallar asosida nordon turdagi payvand elektrodlar qoplamasining shlakli asosi tarkibi ishlab chiqilgan;
gaz hosil qiluvchi komponentlarning miqdorini optimallashtirishga imkon beruvchi, nordon turdagi dastaki yoyli payvandlash elektrodlarining qoplamalari tarkibidagi kal`siy karbonatlari, magniy va kaliy miqdorining payvand choki metallidagi kislorod miqdoriga bog‘liqligining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nordon turdagi mahalliy xomashyodan elektrodlar qoplamalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
CaO-SiO2-TiO2 uch tomonli tizimning eruvchanlik diagrammasi asosida tanlab olingan, mahalliy ruda-mineral xomashyodan olingan materiallar negizida nordon turdagi payvand elektrodlari qoplamasining shlakli asosining ishlab chiqilgan tarkibi “V.L.Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy qilingan (“O‘zbekmontajspesstroy” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-12-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand choklarining mustahkamlik xossalarini 8–10% ga oshirishga erishilgan;
nordon turidagi elektrodlar qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlarining optimallashgan tarkibi kal`siy, magniy va kaliy karbonatlardan foydalanish hisobiga “V.L.Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda payvandlash hududini himoya qilishga joriy qilingan (“O‘zbekmontajspesstroy” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-12-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand choki metallidagi kislorod va azot miqdorini 6–8% ga kamaytirishga erishilgan;
nordon turdagi payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishning taklif etilgan texnologiyasi “V.L.Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan (“O‘zbekmontajspesstroy” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-12-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand choklaridagi nuqsonlar miqdorini 10–12% ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish