Mallaev Oybek Usmankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p yadroli protsessorlarda seysmik signallarga raqamli ishlov berish uchun parallel algoritmlar yaratish», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1257.
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Hakimjon Nasriddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p yadroli protsessorlar uchun kubik splaynlar yordamida signallarga raqamli ishlov beruvchi parallel algoritmlar yaratish va ular asosida dasturiy vosita ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p yadroli protsessorda kubik bazisli splaynlar asosida parallel algoritmlarni amalga oshirish strukturasi va seysmik signallarga raqamli ishlov berishning splayn usuli ishlab chiqilgan;
signallarga bazisli splaynlar yordamida raqamli ishlov berish usullari asosida oqimlar darajasidagi parallellashtirish arxitekturalari yordamida seysmik signallarni raqamli ishlash jarayonlarini parallelashtirish uchun tezkor algoritm va dasturiy vosita yaratilgan;
ma’lumotlar darajasidagi parallellashtirish asosida mavjud parallel texnologiyalari va zamonaviy dasturlash imkoniyatlaridan foydalanilgan holda ko‘p yadroli protsessorlar uchun signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmi yaratilgan;
signallarga splayn-funksiyalar yordamida parallel ishlov berish texnologiyalaridan foydalangan holda seysmik signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmlari va dasturiy majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p yadroli protsessorlar uchun kubik splaynlar yordamida signallarga raqamli ishlov beruvchi parallel algoritmlar yaratish va ularning dasturiy vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
seysmik signallarni raqamli ishlash jarayonlarini tezkor parallelashtirish usuli yordamida kiruvchi signalning muhim parametrlarini aniqlovchi dasturiy vosita Seysmologiya ilmiy-tadqiqot institutiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 33-8/5088-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan dasturiy vosita seysmik signallarning muhim parametrlarini hisoblash vaqtini 1,8 martaga kamaytirish imkonini bergan;
splayn-usullar yordamida ma’lumotlarni raqamli ishlash va silliqlash algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita «GM-Uzbekistan» aksiyadorlik kompaniyasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 33-8/5088-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniyaning joriy foydalanib kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan taklif qilingan va ishlab chiqilgan parallel usul, algoritmlar va dasturiy vosita tizim hisoblashlari samaradorligini 30–35% ga oshirish imkonini bergan;
ko‘p yadroli protsessorlarda tizimning hisoblash jarayonlarini vektorlash va parallel algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua «GM-Uzbekistan» aksiyadorlik kompaniyasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 23 iyuldagi 33-8/5088-son ma’lumotnomasi va «UNICON.UZ» DUKning 2019 yil 13 sentyabrdagi xulosasi). Natijada kompaniyaning joriy foydalanib kelinayotgan hisoblash algoritmlariga nisbatan vektorlash usullari yordamida ma’lumotlarga parallel ishlov beruvchi dasturiy vosita tizim hisoblashlari samaradorligini 40–45% ga oshirish imkonini bergan.