Xamidov Shuxrat Vaxidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston elektr energetikasining intellektuallashtirish tadqiqi», 05.05.02– Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari va tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T309.
Ilmiy maslahatchi: Misrixanov Misrixan Shapievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Voropay Nikolay Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor; Chemborisova Nailya Shavkatovna, texnika fanlari doktori, professor; Mirzabaev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «ISSIQLIKELEKTRLOYIHA» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqariladigan elektr uzatish texnologiyasi (FACTS) intellektual texnologiyalarini O‘zbekiston energiya tizimiga joriy qilish maqsadida ularni tavsiflovchi matematik modellarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tarmoqlarida FACTS texnologiyalaridan energiya samaradorligini, rejimlar boshqarilishini va elektr energiyasining sifatini ta’minlaydigan intellektual tizimning muhim elementi sifatida foydalanish bo‘yicha metodologiya ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston elektr energetikasini kompleks modernizatsiya qilish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan intellektual energetikaning texnik va texnologik mexanizmlari ketma-ketligi, tuzilmasi va tarkibi asoslangan;
tarkibida FACTSning har xil turlari mavjud bo‘lganda EETni boshqarishning matematik modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan, ularning energiya tizimlari faoliyatiga, energiya tizimida quvvat oqimini optimallashtirishga ta’siri aniqlangan;
elektr uzatish liniyalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish va tebranishlarni pasaytirish N`yuton-Rafson algoritmlari asosida takomillashtirilgan;
elektr energetika tarmoqlarning o‘zgaruvchan holatini FACTS qurilmalarisiz va ular bilan birga yagona va ko‘plab holatlarga birlashtirishning unifikatsiyalangan yondashuvi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
FACTS texnologiyasidan foydalanib, elektr energetika tizimida intellektual boshqarish usulini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr uzatish liniyalarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish va tebranishlarni pasaytirish texnologiyasi «Milliy elektr tarmoqlari» AJga joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 03-11-3111/1-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr liniyalarning uzatish qobiliyati 20% gacha oshish natijasida elektr tizimning ishonchliligini va barqarorligini oshirishga erishilgan;
elektr energetika tarmoqlarida FACTS texnologiyasi asosida rejimlar boshqarilishi va elektr energiyasining sifatini ta’minlaydigan metodologiya «Milliy elektr tarmoqlari» AJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 03-11-3111/1-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyani etkazib berish shartlari bajarilib, 230 million so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan;
FACTS qurilmalari bo‘lgan elektr tarmoqlarda quvvat oqimini aniqlash usuli va algoritmi «Milliy elektr tarmoqlari» AJga joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 03-11-3111/1-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr tizimning boshqarish jarayonida bajariladigan hisob-kitoblar takomillashgan.