Setmetov Ne’matjon Urunboevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani qayta ishlash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilishning axborot-tahlil tizimi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T709.
Ilmiy rahbar: Sidikov Isamiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Kamalov Shaxabiddin Ziyaviddinovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki ishlash jarayonining texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilishning axborot-tahlil tizimini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tizimli-strukturali yondashuv asosida paxtani qayta ishlash texnologik parametrlarini monitoring qilishning axborot-tahlil tizimini yaratishga asos bo‘luvchi paxtani qayta ishlash jarayonidagi ma’lumotlar oqimlari o‘zaro aloqalarining ko‘p sathli tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
texnologik agregatlarning ish rejimlarini, ularning o‘zaro ta’sir mexanizmini hisobga olgan holda axborot oqimlarining muvofiqligini ta’minlovchi paxtani qayta ishlash jarayonining konseptual va situatsion modellari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish vaziyatlarini va texnologik agregatlar holatini tahlil qilish asosida paxtani qayta ishlash jarayonining umumlashtirilgan parametrlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish va texnologik agregatlarning oqilona ish rejimlarini tanlash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
jarayonlarni boshqarish masalalarida tezkor ko‘p sathli qarorlarni qabul qilish uchun axborot oqimlarini birlashtirish imkonini beruvchi paxtani qayta ishlashni avtomatlashtirilgan monitoring qilishning axborot-tahlil tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxtani qayta ishlash jarayoni texnologik parametrlarini avtomatlashtirilgan monitoring qilishning axborot-tahlil tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta tozalash zavodlari jarayonlarini boshqarishda avtomatlashtirilgan monitoring va qaror qabul qilish tizimi dasturiy kompleksi Xonqa paxta tozalash korxonasida joriy qilingan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 11 oktyabrdagi 03-18/5885-son ma’lumotnomasi). Natijada uskunalarning bo‘sh qolib ketish vaqtini qisqartirish, paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini va texnologik agregatlarning ish faoliyatini yaxshilash imkonini bergan;
ishlab chiqarish holatlarini tezkor tahlil qilish va texnologik jarayonlarning axborot modelini shakllantirish algoritmlari Xonqa paxta tozalash korxonasida joriy qilingan («O‘ZPAXTASANOAT» AJning 2019 yil 11 oktyabrdagi 03-18/5885-son ma’lumotnomasi). Natijada agregatlarning salt ishlashining oldini olish, o‘ta yuklanishi va avariya holatlarini bartaraf etish va texnologik agregatlarning bir maromda muntazam ishlashi hisobiga texnologik jarayonning umumiy unumdorligini 3% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish