Isoqova Zubayda Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za qator oralarida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organi parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T372.
Ilmiy  rahbar: Baymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Nasriddinov Ahmadjon Abdulxamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qator orasining kengligi 60 sm bo‘lgan g‘o‘zalarni sug‘orishda mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirishni ta’minlaydigan tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasi uchun sun’iy quvur hosil qiladigan ish organining parametrlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
g‘o‘za qator oralari egatlari o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan ish organi iskanasining eni u tuproqni yumshatmasdan devorlari zichlangan egat hosil qilish shartidan aniqlangan;
ish organi quvur hosil qilgichining parametrlari uning diametri va silindrik qismi uzunligiga bog‘liq holda aniqlangan;
g‘o‘za qator oralari egatlari o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organining parametrlari ularning ko‘p omilli tajribalarda olingan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Egatlar o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
egatlar o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qilishning texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi 02/023-1627-son ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy quvur hosil qiladigan ish organining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
qator orasi kengligi 60 sm bo‘lgan g‘o‘zalarni sug‘orish uchun egatlar o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qilib sug‘orish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan ish organi 2010–2017 yillar davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi 02/023-1627-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda sug‘orish suvini tejagan holda ekspluatatsion xarajatlarni 20,4 foizga kamaytirishga erishilgan;
egatlar o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organini ishlab chiqish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi 02/023-1627-son ma’lumotnomasi). Natijada qator orasi 60 sm bo‘lgan g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun egatlar o‘rtasida tuproq ostida sun’iy quvur hosil qiladigan ish organini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish