Fozilov G‘olibjon G‘ulomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘tayanchgich qurilmasini takomillashtirish va uning parametrlarini asoslash», 05.07.01– Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T221.
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Duskulov Absattor Axadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qobiqlaridan tozalanmagan so‘talarni yanchib, donini ajratib oladigan so‘tayanchgich qurilmani takomillashtirish, uning ishchi qismlari parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qobiqli so‘talarni yanchib, donini ajratib oladigan so‘tayanchgichning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
so‘tayanchgich sidiruvchi plankalari ta’sirida so‘ta qobiqlarining titilish jarayoni mohiyati ochib berilgan va ular asosida plankalarning parametrlari aniqlangan;
so‘tayanchgichda yanchilib chiqayotgan so‘ta qobig‘i va o‘zagi tarkibidagi donlarni jadal ajratib olish uchun g‘alvirli moslama ishlab chiqilgan;
g‘alvirli moslamada donlarning ajratib olinishi g‘alvirning qiyalik burchagi, tebranishlar amplitudasi va chastotasiga bog‘liq holda asoslangan;
takomillashtirilgan so‘tayanchgich qurilma ishchi qismlarining maqbul parametrlari ularning ta’sirida dondagi aralashmaning belgilangan talabdan ko‘p bo‘lmagan holda chiqitga chiqayotgan don miqdorining eng kam bo‘lishidan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takomillashtirilgan so‘tayanchgich qurilma ishchi qismlarining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
so‘tayanchgich qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Makkajo‘xori so‘talarini yanchish uchun yanchgich qurilma», №FAP 00776-2012 y.). Natijada qobiqli so‘talarni yanchib, donini ajratadigan so‘tayanchgich qurilmaning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
takomillashtirilgan so‘tayanchgich Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-327-son ma’lumotnomasi). Natijada don nobudgarchiligini 3,0 foizga, don shikastlanishini esa 3 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
so‘tayanchgich qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-327-son ma’lumotnomasi). Natijada gabarit o‘lchamlari kichik, metall va material hajmdorligi kam bo‘lgan takomillashtirilgan so‘tayanchgich qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.