Kurbanov Janibek Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Temir yo‘l transporti avtomatlashtirish tizimida xatoliklarni bartaraf etishda usul va qurilmalarni takomillashtirish», 05.08.03–Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T315.
Ilmiy maslahatchi: Xalikov Abdul`xak Abdul`xairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhanddislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti huzuridagi PhD.28.06.2018.T.73.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abudkayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magnitsizlantiruvchi qurilmalar asosida temir yo‘l avtomatlashtirish tizimidagi xatoliklarni bartaraf etish uslub va usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektromagnit maydonning nazariyasiga asoslanib, temir yo‘l poezdlari harakatida kod buzilishlarini bartaraf etish uchun impul`sli magnitsizlantiruvchi qurilma ishlab chiqilgan;
temir yo‘l rel`s zanjiri kodlarining nosozliklari tahlili asosida ALS va KLXQ ravon ishlashida, ularning doimiy magnitlar, o‘zgaruvchan va impul`sli elektromagnit maydonlar tomonidan magnitlanish sabablari aniqlangan;
rel`s pletlarini magnitsizlantirishning yangi uslub va usullari, ALS va KLXQ ishini buzilishlarini bartaraf etish uchun matematika asosida doimiy, o‘zgaruvchan va impul`slar ta’sirida o‘tkinchi jarayonlar ishlab chiqilgan;
rel`s pletlaridagi qoldiq magnitlanish hisoblab chiqilgan va temir yo‘l transportining avtomatika va telemexanika tizimlari uzluksiz ishlashi uchun impulsli magnitsizlantiruvchi qurilmalarni loyihalashda asosiy parametrlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun rel`s pletlarini magnitsizlantirish sifatini kuzatish va diagnostika qilish maqsadida ELCUT dasturi asosida elektromagnit jarayonlar modeli ishlab chiqilgan;
chastota va impul`s kengligini tanlash uchun dasturiy ta’minotli modul sxemasi asosida boshqaruv tizimi, shuningdek rel`s pletlarini avtomatlashtirilgan jarayoni ishlab chiqilgan;
«O‘zstandart» agentligining «TS 01116578-001:2018» raqamli rel`s pletlarini magnitsizlantiruvchi qurilmasi uchun tashkilotning standarti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transporti avtomatlashtirish tizimida xatoliklarni bartaraf etishda usul va qurilmalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rel`s payvandlashda pletlarni liniya magnitsizlantirish qurilmasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi «RSP-14» ishlab chiqarish Unitar korxonasida modernizatsiyalash amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 14 oktyabrdagi 01/5763-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida rel`s pletlarini magnitsizlantirish qurilmasi payvand choklarini shikastlanishdan himoya qilish uchun asosiy qism sifatida payvandlashdan oldin va undan keyin rel`s pletlarni magnitsizlantirish imkonini bergan;
rel`s pletlarini, tutashmalar va strelka o‘tkazgichlardagi magnitlanishi uchun harakatdagi vagon-platformadagi mobil impul`sli magnitsizlantiruvchi qurilmasi, shuningdek ALS va KLXQlarda kod buzilishining oldini olish uchun joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2019 yil 14 oktyabrdagi 01/5763-19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar natijasida stansiyalarda poezdlar harakati xavfsizligini oshirish imkoniyati, rel`s pletlariga, tutashmalar, strelka o‘tkazgichlarga ta’sir etuvchi kuchli tortish toklari va ularning yuqori tebranmalardan, halaqitlardan himoyalanishni yaxshilashga erishilgan;
«O‘zstandart» agentligi tomonidan «Ts 01116578-001:2018» raqamli rel`s pletlarni magnitsizlanitiruvchi qurilmasi uchun «Tashkilotning standarti» ro‘yxatga olingan (№000207, 26 dekabr` 2018 y.). Natijada «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rel`s payvandlash ishlab chiqarishida va yo‘l ho‘jaliklarida statsionar va harakatdagi mobil vagon-platformasini qo‘llashga imkon bergan.