Dunyashin Nikolay Sergeevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni yoyli dastakli payvandlash uchun mahalliy xomashyolar asosida elektrodlarning ko‘p komponentli qoplamalarini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T302.
Ilmiy maslahatchi: Abralov Maxmud Abralovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Tilabov Baxodir Kurbanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni yoyli dastakli payvandlash uchun mahalliy xomashyolardan tayyorlanadigan ko‘p komponentli qoplamalarni ishlab chiqishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
payvand chokning quyma tarkibi va struktura xususiyatlarini prognozlash imkonini beradigan kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun mahalliy xomashyolardan foydalanib, asosiy va kislotali turdagi payvandlash elektrodlarining ko‘p komponentli qoplamasini olishning ilmiy prinsiplari ishlab chiqilgan;
mineral xomashyo bazasidan foydalangan holda va funksional qo‘llanilishini inobatga olgan holda elektrod qoplamalarining shixta komponentlarining takomillashtirilgan klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo bazasi asosida asosiy va kislotali turidagi payvandlash elektrodlarining qoplamasini eruvchanlik diagrammasi va asoslash koeffisientini hisobga olib, shlak asosi takribi ishlab chiqilgan;
ishqorli va ishqor-tuproqli oksidlarni qo‘shish bilan asosiy va kislotali turidagi elektrodlar shlak tizimining fizik va texnologik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
ishqorli va ishqor-tuproqli ftoridlarni qo‘shish hisobiga payvand chokning quyma metallida vodorod miqdorini kamaytiruvchi asosiy turidagi elektrod qoplamasining gaz hosil qiluvchi komponentlari tarkibi ishlab chiqilgan;
payvandlash elektrodlarining qoplama tarkibiga oksidsizlantiruvchi elementlarning miqdorini optimallashtirish imkonini beruvchi payvand chokning quyma metalli tarkibini shakllantirish jarayonining takomillashtirilgan fizik va matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan tayyorlangan asosiy va kislotali turidagi elektrodlarning ko‘p komponentli qoplamalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
payvand chokning quyma strukturasi tarkibini va xususiyatini prognozlash imkonini beradigan qoplamaning shixta komponentalarini funksional qo‘llashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan klassifikatsiyasi asosida kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlash uchun mahalliy xomashyolardan foydalanib, asosiy va kislotali turidagi elektrodlarning ko‘p komponentli qoplamasini olish uchun ishlab chiqilgan ilmiy prinsiplari “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada qimmatbaho bo‘lgan tajribalarni o‘ziga xos noyob jihozlarda o‘tqazishga sarflanadigan sarf xarajatlarni 20–25% ga kamaytirishga erishilgan;
eruvchanlik diagrammasi va asoslik koeffisientlarini inobatga olgan holda taklif qilingan mahalliy xomashyolar bazasi asosida asosiy va kislotali turidagi payvandlash elektrodlar qoplamasining shlak asoslari “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chok quyma strukturasining mustahkamlik xarakteristikalarini 10–15% ga oshirishga erishilgan;
asosiy va kislotali turidagi elektrodlarning qoplamasini gaz hosil qiluvchi komponentlarining tarkibiga ishqorli va ishqor-tuproqli metallarning karbonatlar kompozisiyasini qo‘shish texnologiyasi “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chokning quyma metalli tarkibida kislorod va azot miqdorini 8–12% ga kamaytirishga erishilgan;
asosiy turdagi elektrodning qoplamasi gaz hosil qiluvchi komponentlarining tarkibiga ishqorli, va ishqor-tuproqli metallarning ftoridlarini qo‘shish texnologiyasi “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan (“O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chokning quyma metallida vodorod miqdori 12–15% ga kamayishiga erishilgan;
qoplamaning shixta komponentlarini funksional qo‘llanishini inobatga olgan holda takomillashtirilgan klassifikatsiya bazasi asosida payvand chokning quyma metalli tarkibini shakllantirish uchun ishlab chiqilgan matematik modeli payvandlash elektrodlarining qoplama tarkibida oksidsizlantiruvchilarning miqdorini optimallashtirish uchun “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan (“O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chokning quyma metallida kislorod miqdorini 6–10% ga kamaytirishga erishilgan;
birikma tarkibida past ionizatsiyali xarateristikaga ega bo‘lgan materiallardan foydalanib, asosiy va kislotali turidagi payvandlash elektrodlarining qoplamasini tayyorlash texnologiyasi “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” MChJ QKda joriy etilgan “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-320/03-11-son ma’lumotnomasi). Natijada payvand chok quyma strukturasining mustahkamlik xarakteristikasini 12–14% ga oshirishga erishilgan.