Bakirov Lutfillo Yuldoshalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan polifunksional polimer kompozision materiallarning strukturasini tadqiq qilish hamda tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T457.
Ilmiy rahbar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Zairova Dilfuza Nazirovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polifunksional ko‘p qatlamli geterokompozit polimer materiallarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini samarali oshirish uchun modifikatsiyalash asosida optimal struktura hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
paxta bilan o‘zaro friksion ta’sirlashuvda tolaning mexanik jarohatlanishini kamaytiradigan ishqalanuvchi sirt strukturasi va xususiyatini hisobga olgan holda haqiqiy tegishuv yuzasini baholashning takomillashtirilgan yangi matematik modeli ishlab chiqilgan;
polifunksional geterokompozit polimer materiallar asosida ko‘p qatlamli qoplamalarning komponentlari tarkiblari, xossalari va shakllantirilish texnologiyasi optimallashtirilgan;
optimal ichki va hajmiy strukturasini hosil qilishda mahalliy mineral to‘ldiruvchilarni polifunksional ko‘p qatlamli qoplamalar geometrik o‘lchamlari, to‘ldiruvchilar miqdori va granulometrik tarkibi aniqlangan;
mahalliy ashyoviy va energetik resurslardan optimal foydalanish imkonini yaratadigan geterokompozit polimer materiallarni modifikatsiyalash va termik ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Modifikatsiyalangan polifunksional polimer kompozision materiallarning strukturasini tadqiq qilish hamda tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilgan yangi tarkibli geterokompozit polimer qoplamalarni «Andijon 1-son paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘ZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 23 avgustdagi 02-18/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona texnologik jihozining ish unumdorligi 10–15% ga oshgan;
olingan polifunksional ko‘p qatlamli qoplamalar «Andijon 1-son paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘ZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 23 avgustdagi 02-18/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona texnologik jihozlarining ishlash muddati eyilishdan saqlash evaziga 30–35% ga oshgan;
ishlab chiqilgan antifriksion qatlami qoplamalarning optimal tarkiblari «Andijon 1-son paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘ZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 23 avgustdagi 02-18/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada tolaning mexanik jarohatlanishi o‘rtacha 0,45–0,90% ga kamaygan;
ishlab chiqilgan  qoplamalarning antifriksion-eyilishbardosh qatlami optimal tarkiblari «Andijon 1-son paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘ZPAXTASANOAT” AJning 2019 yil 23 avgustdagi 02-18/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitning ezilishi 6–10% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish