Usmonov Nizomjon Orifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Havoni mo‘’tadillash tizimida sovuqlik tabiiy manbalarining imkoniyati», 05.05.04– Sanoat issiqlik energetikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T367.
Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Xayrulla Sunnatullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolaev Igor Borisovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: havoni mo‘’tadillash tizimlarining energiya samaradorligini oshirish uchun tabiiy sovuqlik manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havoni mo‘’tadillash tizimlarida tabiiy sovuqlik manbalaridan foydalanib, energiya samarador sxema ishlab chiqilgan;
bug‘latib sovitish qurilmalari issiqlik va massa almashinuv jarayonlarining matematik modeli differensial tenglamalar sistemasi asosida ishlab chiqilgan;
bug‘latib sovitish kamerasidan chiqayotgan nam havoning ho‘l termometr bo‘yicha harorati sug‘orish koeffisientiga mos ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
bug‘latgich va aylanuvchi regenerativ issiqlik utilizatordan chiquvchi nam havo ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun approksimatsion ifodalar ishlab chiqilgan;
issiqlik va massa almashinuvi jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan nasadkalarning geometrik ko‘rsatkichlari matematik model` asosida tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxona bino-inshootlarida tabiiy sovuqlik manbalaridan foydalanib, ikki bosqichli bug‘latib sovitish qurilmasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aylanuvchi regenerativ issiqlik utilizatoridan foydalanib, ikki bosqichli bug‘latib sovitish qurilmasi «O‘ZBEK IPAGI» uyushmasi tizimidagi korxonaga, xususan «TEXTIL-IPAK IMPEX» MChJda bino havosini mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan («O‘ZBEK IPAGI» uyushmasining 2019 yil 29 avgustdagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada havoni mo‘’tadillash tizimiga sarflanadigan elektroenergiya sarfini 2,3 marta kamaytirishga erishilgan;
nam havoning ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli va algoritmi «O‘ZBEK IPAGI» uyushmasi tizimidagi korxonaga, xususan «TEXTIL-IPAK IMPEX» MChJda bino havosini mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan («O‘ZBEK IPAGI» uyushmasining 2019 yil 29 avgustdagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan algoritmdan foydalanib, havoni mo‘’tadillash tizimidagi muhandislik vazifalari echilgan;
bug‘latib sovitish qurilmasida kechadigan issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini modellashtirish asosida natijalarni qayta ishlash usuli «O‘ZBEK IPAGI» uyushmasi tizimidagi korxonaga, xususan «TEXTIL-IPAK IMPEX» MChJda bino havosini mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan («O‘ZBEK IPAGI» uyushmasining 2019 yil 29 avgustdagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada havoni mo‘’tadillash tizimlarini loyihalashda texnologik sxema ishlab chiqilgan;
bino-inshootlarda mikroiqlim sharoitini yaratishda ikki bosqichli havoni bug‘latib sovitish hisob-grafik usuli «TEXTIL-IPAK IMPEX» MChJda bino havosini mo‘’tadillash tizimi uchun joriy qilingan («O‘ZBEK IPAGI» uyushmasining 2019 yil 29 avgustdagi FM-01-21/3533-son ma’lumotnomasi). Natijada bino-inshootlarning haroratini 23–25 0S va nisbiy namligini 50–60% bo‘lishini ta’minlashga erishilgan.