Juraev Musurmon Avlakulovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dastgohlarning elektromagnit yuritmalari mikrosiljishlarini ishlab chiqish va tadqiqot qilish», 05.02.05–Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1142.
Ilmiy rahbar: Alikulov Djavlon Ergeshevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc. 28.02.2018.T.03.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Shoir Axralovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashina detallariga mexanik ishlov berish aniqligini oshirish uchun dastgohlar uzellari mikrosiljishlarining elektromagnit yuritmasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dastgohlar uzellari mikrosiljishlari qurilmasining elektromagnit bajaruvchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tokarlik dastgohlarida kesuvchi asbobni berilgan o‘lchamga presizion sozlash qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
yuritmaning dastgoh uzelining berilgan qonun bo‘yicha harakatini ta’minlaydigan boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
yuritmaning kuch xarakteristikalarini uning geometrik va elektromagnit parametrlariga bog‘liqlik darajasi ishlab chiqilgan;
mikrosiljish elektromagnit yuritmasili dastgoh uzelini loyihalash algoritmida yuritma elektromexanik tizimidagi dinamik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqliklari o‘rnatilgan va dinamik jarayonlarni ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dastgohlarda detallarga mexanik ishlov berish aniqligini oshirishga qaratilgan dastgoh uzellari mikrosiljishlarini amalga oshiruvchi elektromagnit qurilmani ishlab chiqish tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
detallarga toza ishlov berish aniqligini oshirish uchun mikro siljishlarni bajaruvchi qurilma konstruksiyasi NKMK DK NMZ IChBda joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2019 yil 30 maydagi 02-06-07/6925-son ma’lumotnomasi). Natijada detallarga toza ishlov berish aniqligini 1–2 kvalitetga oshirish imkonini bergan;
tokarlik stanogida keskichni o‘lchamga sozlash aniqligini oshirish uchun keskichni o‘lchamga sozlash presizion mikrosiljishlar qurilmasi konstruksiyasi NKMK DK NMZ IChBda joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2019 yil 30 maydagi 02-06-07/6925-son ma’lumotnomasi). Natijada keskichni o‘lchamga sozlash aniqligini 1–2 mkm gacha oshirish imkonini bergan;
tokarlik stanogida detallarning silindrik yuzalarida mikroqirqishni amalga oshirish uchun  yuritmani dastgoh uzelining berilgan qonun bo‘yicha harakatini ta’minlaydigan boshqarish usuli NKMK DK NMZ IChBda joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2019 yil 30 maydagi 02-06-07/6925-son ma’lumotnomasi). Natijada braklar sonini 10–15% ga kamaytirish, aniqlikni oshirish va g‘adir-budirlikni kamaytirish hisobiga ishlov berilgan detallarning sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish