Ibragimov Abdirasuli Abdikarimovichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za qator oralariga ishlov berish va donni qatorlab ekish uchun kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T128.
Ilmiy maslahatchi: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za qator oralarida kuzgi don ekishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash uchun bir o‘tishda ularga ishlov berib, agrotexnika talablari bo‘yicha qatorlab don ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
g‘o‘za qator oralariga bir yo‘la ishlov berish va donni qatorlab ekishni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregat g‘o‘za qator oralariga ishlov beradigan, sug‘orish egatlarini ochadigan va urug‘larni ekadigan ish organlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
egat ochgich yurish chuqurligining barqarorligi uning parallelogramm mexanizm prujinasining bosim kuchiga bog‘liqligini hisobga olgan holda asoslangan;
ekkichlar tomonidan urug‘larni ekilish chuqurligining barqarorligi uning tortish prujinasining bikrligiga bog‘liqligini hisobga olgan holda asoslangan;
g‘o‘za qator oralariga ishlov beradigan va donni qatorlab ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ish organlarining maqbul parametrlari uning energetik va sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘za qator oralariga bir yo‘la ishlov berish va donni qatorlab ekish uchun kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqish va uning ish organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘za qator oralariga ishlov berish va donni qatorlab ekish uchun kombinatsiyalashgan agregat ishchi seksiyasiga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (“Qishloq xo‘jalik ekinlari qator oralariga ishlov berish uchun ishchi seksiya”, №IAP 05860-2019 y.). Natijada g‘o‘za qator oralariga ishlov beradigan va donni qatorlab ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishchi seksiyasi konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘o‘za qator oralariga bir yo‘la ishlov beradigan va donni qatorlab ekadigan kombinatsiyalashgan agregat Yangiyo‘l va QuyiChirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 apreldagi 02/023-971-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga don ekishda mehnat sarfi 30 foizgacha, foydalanish xarajatlari 14 foizgacha kamaygan;
kombinatsiyalashgan agregat “Agregat zavodi” AJ tomonidan o‘zlashtirilgan va uning tajriba partiyasi hamkorlik shartnomasi asosida ishlab chiqarilgan (“Agregat zavodi” AJning 2015 yil 21 maydagi 289-01/0805-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba partiyasi 2015–2016 yillarda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari fermer xo‘jaliklari va institut tajriba xo‘jaligi dalalarida sinovlardan o‘tgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish