Oliy attestatsiya komissiyasi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgiladi:
1. Ilmiy darajalar bo‘yicha:
ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish nomuayyan muddatga to‘xtatildi.
Izoh: nomuayyan muddat o‘tganidan keyin ilmiy kengashlar tomonidan taqdim etiladigan attestatsiya ishlari va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqish tegishli tartib-qoidalarga rioya qilgan holda OAK tomonidan tezkor ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
Nomuayyan muddat o‘tganidan keyin dissertatsiyalar himoyalarini sessiyalar tarzida tashkil etish bo‘yicha tegishli tartib-qoidalarga rioya qilingan holda OAK tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.
2. Ilmiy unvonlar bo‘yicha:
ilmiy unvonlar bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish nomuayyan muddatga to‘xtatildi.
Izoh: nomuayyan muddat o‘tganidan keyin ilmiy unvonlar bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan taqdim etiladigan attestatsiya ishlari va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqish tegishli tartib-qoidalarga rioya qilingan holda OAK tomonidan tezkor ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.
OAK Axborot xizmati