Irisbaeva Manzura Nurmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim-tarbiya jarayonlarida tarixiy-milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped894.
Ilmiy rahbar: Mahmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.001.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Alam Amrulloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Tajiev Mamarejab, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim samaradorligini oshirishda tarixiy-milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiyalashning mazmuni va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarixiy-milliy hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari o‘quv mazmunini tanlash, qiyoslash (analogiya)da mutafakkir allomalar o‘gitlari, rivoyat, bahru bayt kabi metodlardan foydalanish shartlarini (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, qo‘shimcha topshiriq, rag‘batlantirish, baholash) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchining pedagogik funksiyalari (illyustratsiyali, axborot almashinuv, o‘zaro aloqa faoliyati) jamoaviy va individual o‘qitishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan badiiy-estetik sikl bosqichlarini (san’at asarlar namoyishi, madaniyat namunalari, namunalar yaratish) kiritish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash tuzilmasi tarixiy­milliy (pand­nasihat, ibrat, chistonlar, dalillar keltirish, shaxsiy namuna, muvashshahlar) va zamonaviy (loyihalash, interfaol) texnologiyalar uzviyligining bilish natijasiga (esda saqlash, isbotlash, ijodiy qayta ishlash, yangi bilimga yo‘l) ta’sirini ochib berish asosida ishlab chiqilgan;
«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar tarixiy-milliy hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi ustuvorligi bo‘yicha kichik guruhlar faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan “Baynalmilal” klubi dasturini loyihalashtirish asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim samaradorligini oshirishda tarixiy-milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiyalashga doir olingan ilmiy natijalar asosida: 
tarixiy-milliy hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasining didaktik imkoniyatlari, o‘quv mazmunini tanlash, qiyoslash (analogiya)da mutafakkir allomalar o‘gitlari, rivoyat, bahru bayt kabi metodlardan foydalanish shartlari, o‘qituvchining pedagogik funksiyalarini takomillashtirish,  jamoaviy va individual o‘qitishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan badiiy-estetik sikl bosqichlarga oid takliflaridan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 7 fevraldagi «Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 35-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik ta’minotni yaratishda foydanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2020 yil 3 martdagi 01/11-01/1-195-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot bo‘lajak pedagog kadrlarning texnologik kompetentliligiga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish va baholashga xizmat qilingan;
ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash tuzilmasi, tarixiy­milliy va zamonaviy texnologiyalar uzviyligiga oid tavsiyalardan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011) mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 mart  89-03-915-son ma’lumotnomasi). Tarixiy-milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasiga asoslangan ilmiy ishlanmalar ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni tarbiyalash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirgan;
tarixiy-milliy hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasi ustuvorligi bo‘yicha kichik guruhlar faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan “Baynalmilal” klubi dasturini loyihalashtirish, o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalari, tarixiy-milliy hamda kreativ texnologiyalarga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 11 dekabrdagi «Hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari rahbarlarining Respublika o‘quv-seminarini tashkil etish to‘g‘risida»gi  385-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodik ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining  2020 yil 3 martdagi 01/11-01/1-195-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodik ta’minot respublika bo‘yicha tashkil etilgan «Tayanch maktablar» faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning samarador deb topilgan namunaviy yondashuvlarini ommalashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish