Jabbarov Kamoliddin Yo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy inqirozlar va ularga qarshi dasturlar samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt365.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Toshbolta To‘xtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Abdullaev Suyun Artiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy inqirozlarga qarshi milliy dasturlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy innovatsion infratuzilmani yaratish maqsadida hududlarda innovatsion texnoparklar, texnopolislarni tashkil etish orqali jahon iqtisodiyotidagi keskin tebranishlar va pasayishlarning respublika iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish va oqibatlarini oldini olish taklifi asoslangan; 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish maqsadida o‘rta muddatlarda moslashuvchan va uzoq muddatlarda qattiq inflyasion targetlash siyosatini olib borish orqali makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash usullari takomillashtirilgan;
hududlar iqtisodiy-tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish, xududlarda ishlab chiqarish jarayonlarini klasterlashtirish hamda mahalliylashtirish siyosatini takomillashtirish orqali milliy iqtisodiyotning soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;
raqobatbardosh, bilimlarga asoslangan, investisiyalarni faol jalb etishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmi orqali ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishning "buyurtmachi-tadqiqotchi-investor" zanjirini joriy etish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy inqirozlar va ularga qarshi dasturlar samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy innovatsion infratuzilmani yaratish maqsadida hududlarda innovatsion texnoparklar, texnopolislarni tashkil etish orqali jahon iqtisodiyotidagi keskin tebranishlar va pasayishlarning respublika iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish va oqibatlarini oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 3-2/19-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini innovatsion rivojlantirish, milliy mahsulotlar tannarxini kamaytirish, innovatsiyalar bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish orqali innovatsiyalarga asoslangan real sektorning rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishga erishilgan;
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish maqsadida o‘rta muddatlarda moslashuvchan va uzoq muddatlarda qattiq inflyasion targetlash siyosatini olib borish orqali makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 3-2/19-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va inqiroz sharoitida mamlakat fiskal siyosatining aniq me’yorlari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
hududlar iqtisodiy-tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish, xududlarda ishlab chiqarish jarayonlarini klasterlashtirish hamda mahalliylashtirish siyosatini takomillashtirish orqali milliy iqtisodiyotning soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 3-2/19-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining o‘z salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib, mamlakatni mutanosib ravishda iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi uchun muhim ilmiy manba yaratilgan;
raqobatbardosh, bilimlarga asoslangan, investisiyalarni faol jalb etishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishning "buyurtmachi-tadqiqotchi-investor" zanjirini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 3-2/19-186-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mehnat unumdorligini oshirish va ilmga asoslangan iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish asosida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish