Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilishning konseptual yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt694.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.12.2019.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;   Alimova Mashhura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilishning konseptual yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilishga oid “kirish turizmi” tushunchasi mohiyati iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishini inobatga olgan holda ilmiy jihatdan asoslangan;
yangi bozor segmentlarini o‘zlashtirish, faoliyat turini modifikatsiyalash, raqobat ustunligini ta’minlashning konseptual yo‘nalishlarini takomillashtirish orqali turistik xizmatlar eksportida rebrending va diversifikatsiya strategiyalarini sinxronlash taklifi asoslab berilgan;
turistik xizmatlar eksportini ko‘paytirish, tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va mintaqalar turistik resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida yoshlar turizmi klasterlarining maqbul tuzilmasi shakllantirilgan;
xorijiy turistlarni mamlakatga jalb qilishni kengaytirish, mahalliy aholi turistik faolligini qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy dastaklarini belgilash asosida turistik xizmatlar xalqaro savdosida eksport-import muvozanatiga erishishni tartibga solishning takomillashgan varianti taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik xizmatlar eksportini diversifikatsiya qilishning konseptual yo‘nalishlarini belgilab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“kirish turizmi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va unga berilgan ilmiy asoslangan ta’rif O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 martdagi 04/5-05-58-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi turizmga oid asosiy tushunchalar mohiyatini to‘la aks ettirishga xizmat qilgan;
yangi bozor segmentlarini o‘zlashtirish, faoliyat turini modifikatsiyalash, raqobat ustunligini ta’minlashning konseptual yo‘nalishlarini takomillashtirish orqali turistik xizmatlar eksportida rebrending va diversifikatsiya strategiyalarini sinxronlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/215-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish turistik xizmatlar eksporti hajmining 2016 yil bilan solishtirganda 2018 yil yakunlariga ko‘ra qariyb 2 barobar ortishiga ta’sir ko‘rsatgan;
turistik xizmatlar eksportini ko‘paytirish, tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va mintaqalar turistik resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida yoshlar turizmi klasterlarining maqbul tuzilmasini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mintaqalarda tegishli turizm infratuzilmasi ob’ektlarining tashkil etilishiga, mavjud yoshlar turizmi salohiyatidan samarali foydalanishga, turistik xizmatlar eksportining diversifikatsiyasi jadal amalga oshishiga olib kelgan;
xorijiy turistlarni mamlakatga jalb qilishni kengaytirish, mahalliy aholi turistik faolligini qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy dastaklarini belgilash asosida turistik xizmatlar xalqaro savdosida eksport-import muvozanatiga erishishni tartibga solishning takomillashgan varianti O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 yanvardagi 02-22/215-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish milliy turistik mahsulot raqobatbardoshligi oshishini ta’minlagan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish