Mamaraimov Ilxom Rajabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt.382.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori likvidli qurilish materiallari uchun qo‘shimcha foyda solig‘ini bekor qilish orqali korxonalarning iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirishda soliq mexanizmining ta’sirchanligini oshirish ilmiy asoslangan;
iqtisodiy nochor korxonalar sof foydasini oshirishda chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq ro‘yxatini aniqlash yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
korxonalarning xalqaro moliya bozorlaridagi faolligini oshirishda xalqaro fond birjalarida joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foyda solig‘idan imtiyozlar tizimi takomillashtirilgan;
iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatni qayta tiklashda to‘liq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun majburiy to‘lov to‘lash amaliyotining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar asosida:
umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi korxonalarda soliq yukini kamaytirish, ayrim turdagi tovarlar (sement, polietilen granulalari) uchun qo‘shimcha foyda solig‘ini bekor qilish, qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i 14 foizli stavkasini optimallashtirgan holda foyda solig‘ining umumiy bitta 20 foizli stavkasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18795-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar uchun oshirilgan stavkada qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lash tartibi bekor qilinib, real sektor korxonalarining iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolishining oldi olingan;
yuridik shaxslar soliq solinadigan foydasini aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarning yopiq ro‘yxatini aniq belgilab qo‘ygan holda qo‘shimcha kiritishlarga yo‘l qo‘ymaslik shartini tasdiqlash zarurligi yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18795-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga tatbiq etilishi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy rag‘batlantirish, soliq solinadigan bazani aniqlash tartibini soddalashtirish imkonini bergan;
norezident yuridik shaxslar, respublikadagi rezident yuridik shaxslar tomonidan xalqaro fond birjalarida joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lov manbaida olinadigan 10 foiz stavkani bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-508-son «Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18795-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yuridik shaxslar tomonidan xalqaro bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni joylashtirilishi osonlashdi, investorlarning qimmatli qog‘ozlarga nisbatan qiziqishi ortdi, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tezlashgan;
umumbelgilangan tartibda soliq to‘laydigan korxonalar foydali xizmat muddati o‘tib, to‘liq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun ularning boshlang‘ich qiymatidan 0,25 foiz miqdorida to‘lov to‘lash amaliyotini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Qarorining 11-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 27 iyundagi 14-18795-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati yomonlashuvining oldi olingan.