Shavazov Abdulatif Achilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘orish nasos stansiyalarning chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmalar asosida energiyatejamkor rejimini asoslash», 05.05.07–Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T204.
Ilmiy rahbar: Kamalov Tolyagan Sirajiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Abdusaid Djalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritmalar asosida sug‘orish nasos stansiyalarning o‘zgaruvchan unumdorligida nasos agregatlarining elektr energiya va sug‘oruvchi suvni samarali tejashni ta’minlaydigan, ya’ni energiya- va resurstejamkor ratsional ish rejimlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«chastota o‘zgartirgichi – asinxron dvigatel` – markazdan qochma nasos – bosimli uzatuvchi quvur» tizimining matematik modeli, uning ko‘p bog‘lanishligini hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan;
butun tizimning foydali ish koeffisientlari va umumiy energiya sig‘imini aniqlashga imkon beruvchi «chastota o‘zgartirgichi – asinxron dvigatel` – nasos – bosimli uzatuvchi quvur» tizimining energiya va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
asinxron dvigatel`ning aylanish tezligini chastotaviy rostlash va nasoslarning unumdorligini hisobga olgan holda nasos stansiyalar uchun elektr energiyasining sarf me’yorlari metodikasi ishlab chiqilgan;
«chastota o‘zgartirgichi – asinxron dvigatel` – nasos – bosimli uzatuvchi quvur» tizimining energiya- va resurstejamkor ish rejimi talab etiladigan suv iste’moli hajmini rostlash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sug‘orish nasos stansiyalarning chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritmalar asosida energiyatejamkor ish rejimini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritma Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari boshqarmasi qoshidagi «Chirchiq» nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 03/25-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 116820 kVt•soat yoki 22 313 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
nasos agregatini ishga tushirish rejimini boshqarish tizimi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari boshqarmasi qoshidagi «Chirchiq» nasos stansiyasida joriy qilingan (O‘zbekistan Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi 03/25-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada yillik elektr energiya iste’molini 10–15% ga va sug‘orish suvini 10% gacha tejash imkoni yaratilgan;
nasos agregatini ishga tushirishda boshqarish va nasoslarning unumdorligini rostlash tizimi «Suvsoz» DUKning Qodiriya bosh suv inshootida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil 9 apreldagi 04/01-1315-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga elektr energiya iste’molini 10–15% ga tejash imkoni yaratilgan;
ichimlik suvini ko‘tarish va oqava suvlarni chiqarish uchun elektr energiyasining solishtirma sarf me’yorlari metodikasi «Suvsoz» DUKning Qodiriya bosh suv inshootida va Salar aeratsiya stansiyasida joriy etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil 9 apreldagi 04/01-1315-son ma’lumotnomasi). Natijada yiliga 338075,1 kVt•soat yoki 77 283 900 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish