Tadaeva Elena Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtaning tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan mayda iflosliklarni tozalovchi qurilmani yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T795.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dadaxanovich, texnika fanlari doktori; Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tebranma tozalagichning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan tozalash jarayonida paxta xomashyosining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash usul va vositalarining paxta sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri darajasini baholash natijalariga binoan paxtani tebranma kuch ta’sirida tozalash usuli ishlab chiqilgan;
paxtani mayda iflosliklardan uning tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan tozalaydigan tebranma qurilma yaratilgan;
paxta tozalash jarayonida paxta va begona aralashmalarning tebranma to‘rli yuza bo‘ylab harakatlari matematik bog‘lanishlari asosida jarayonning komponentlarning ajralishiga olib keladigan parametrlari aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalar natijalari asosida tebranma tozalash qurilmasining yuqori tozalash samaradorligini ta’minlovchi ish rejimlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani mayda iflosliklardan uning tabiiy xususiyatlariga ta’sir qilmasdan tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash imkonini beruvchi tebranma usulda paxtani tozalash texnologiyasi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 3 maydagi 02-32/2677-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlovga berilayotgan paxta iflosligini o‘rtacha 25% ga kamaytirish hisobiga paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan;
tebranma to‘rli sirtga ega bo‘lgan paxta tozalash uskunasi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 3 maydagi 02-32/2677-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushiini 0.85% ga kamaytirish hisobiga paxta tolasi sifat sinfini bir pog‘ona oshirish ta’minlangan.