Sultanov Mansurbek Kilichovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik chiqindilarga anaerob ishlov berishda qayta tiklanuvchi energiya qurilmasi parametrlarini optimallashtirish», 05.05.06–Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi  energiya  qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T522.
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qlichev Shavkat Isaqovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik chiqindilarga bir idishda pog‘onali anaerob ishlov berishda qayta tiklanuvchi energiya qurilmasining optimal parametrlarini va ish rejimini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor organik chiqindilarga bir idishda pog‘onali anaerob ishlov berish qurilmasi ishlab chiqilgan;
biomassaga bir idishda pog‘onali ishlov berishda olinadigan biogaz miqdorining maksimal qiymati va bioo‘g‘itning sifat ko‘rsatkichlari saqlangan holda har bir pog‘onada biomassani tutib turishni belgilovchi parametrlar (aralashtirishlar davomiyligi, tezligi va sutkalik aralashtirishlar soni)ning optimal qiymatlari aniqlangan;
qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi biogaz qurilmasida pog‘onali ishlov berish jarayonining nazariy tahlillari bioreaktordagi biomassani aralashtirish tezligi, bioreaktor diametri va aralashtirishlar davomiyligi mutanosibliklarida matematik adekvatligi aniqlangan va uni real jarayonga muvofiqligi 5% dan  ortmasligi ko‘rsatilgan;
tajriba ishlab chiqarish qurilmasi asosida olingan ma’lumotlarga tayanib, bir idishda pog‘onali ishlov berish energiya qurilmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligi organik chiqindilarini bir idishda pog‘onali ishlov berish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmasi parametrlarini optimallashtirish asosida:
organik chiqindilarga bir idishda pog‘onali anaerob ishlov berish qurilmasi hamda olinadigan biogaz va bioo‘g‘itning sifat ko‘rsatkichlari saqlangan holda har bir pog‘onada biomassani tutib turishni belgilovchi parametrlarning optimal qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanining «Taxiatosh neftebazasi»da organik chiqindilarga qayta ishlov berish biogaz qurilmasini o‘rnatishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 maydagi 16-51-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish biogaz qurilmasini loyihalashtirish imkonini berib, mavjud turdosh biogaz qurilmalariga nisbatan qurilish materiallari sarfini 1,5 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
mavjud turdosh biogaz qurilmalariga nisbatan bir idishda pog‘onali ishlov berish Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli parranda fermasining parranda organik chiqindilarida ishlaydigan biogaz qurilmasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 16 maydagi 16-51-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash biogaz qurilmasida atmosfera bilan tutashgan tashqi yuzadan yo‘qatilayotgan issiqlik miqdori va aralashtirishga ketayotgan energiya sarfining kamayishi va olinayotgan biogaz miqdorining ortishi hisobiga tovar biogaz miqdorining ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish