Sultanov Murodjon Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ korxonalarida energetik menejment jarayonlarining model va algoritmlari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T350.
Ilmiy rahbar: Ishanxodjaev G‘ayrat Qudratovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zbekenergo» AJ «Ilmiy-texnika markazi» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Toshpo‘lat, texnika fanlari doktori, professor; Arifjanov Abdulla Shamxatovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetik menejment jarayonlarining funksional masalalarini o‘zaro axborotli bog‘lagan holda optimal va tezkor echishning model va algoritmlarini hamda ularning yagona axborot ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetik menejment jarayonlarining uslubiyati va uning har bir bosqichidagi usullari takomillashtirilgan;
energetik menejment jarayonlarining o‘zaro bog‘langan bosqichlarining funksional masalalarini samarali echishning model va algoritmlari ishlab chiqilgan;
energetik menejment jarayonlarining o‘zaro funksional bog‘langan bosqichlarini doimo takomillashtirish va tezkor ishlashini ta’minlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
energetik menejment jarayonlarida to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish uchun ierarxik tahlil usulidan foydalanib, muammo echimlaridan maqbulini aniqlashning model va algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan energetik menejment jarayonlarining o‘zaro funksional bog‘langan barcha bosqichlarining model va algoritmlari hamda yaratilgan dasturiy majmualari asosida:
korxona bo‘yicha jami va har bir ishlab chiqarish bo‘limlardagi yoqilg‘i-energetika resurslar oqimini boshqarish, qurilma, uskuna, texnologik liniya va quvurlarning iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resurslarning me’yoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda yoqilg‘i-energetika resurslardan foydalanish holatlari to‘g‘risida tezkorlik bilan axborot beradigan energetik menejment jarayonlarining dasturiy majmuasi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Xo‘jaobod” gazni er ostida saqlash stansiyasida joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 20 fevraldagi 04/09-103J-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida korxonadagi qurilma, uskuna, texnologik liniya va quvurlarning ta’mirlashga bo‘lgan ehtiyojini 10% ga va ularga sarf bo‘ladigan yoqilg‘i-energetika resurslarni 5% ga oshirish imkonini bergan;
yoqilg‘i-energetika resurslar iste’molini optimal rejalashtirish, real iste’mol qilinayotgan yoqilg‘i-energetika resurslar to‘g‘risida tezkorlik bilan ishonchli ma’lumotlarni jamlash, tashqi va ichki omillar ta’sirida aniqlangan muammoli holatlarning samarali echimlarini aniqlash masalalarini echishni amalga oshiradigan energetik menejment jarayonlarining matematik model, algoritm va dasturiy modullari «O‘zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida joriy qilingan («O‘zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 20 fevraldagi 04/09-103J-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida neft` va gaz qazib chiqarish korxonasida muammoli holatlarni aniqlash va bartaraf etish 14% ga, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan yoqilg‘i-energetika resurslarni 7% ga va boshqa xarajatlarni 3% ga kamaytirish imkonini bergan.