Sulaymonov Sharifjon Abdumanabovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sirtni faollashtiruvchi moddalar asosida pillani saqlash va chuvish texnologiyalarini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T208.
Ilmiy rahbar: Raximov Alisher Yusupjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IQ raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30.05.2018.T.66.01. 
Rasmiy opponentlar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Sobirjon Abdujabbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pillani saqlash va chuvilish xususiyatlarini takomillashtirish hisobiga xom ipak ishlab chiqarish hajmini oshirish va sifatini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xom ipak ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshiruvchi “bardo” qoldiq fraksiyasi va sivush moyi biokimyo chiqindilari negizida sirtni faollashtiruvchi moddalar sintez qilingan;
“bardo” qoldiq fraksiyasi va sivush moyidan olingan sirtni faollashtiruvchi moddaning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari va sirt faolligi darajasi asoslangan;
pillaga dastlabki ishlov berishdan oldin biokimyo chiqindilari negizidagi sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan modifikatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
biokimyo chiqindilari negizidagi sirtni faollashtiruvchi moddalar kimyoviy tarkibi, ularning ratsional miqdori aniqlangan; 
biokimyo chiqindilari negizidagi sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan tirik va quruq pillaga ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan pillani saqlash va chuvish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
biokimyo chiqindilari negizidagi sirtni faollashtiruvchi moddalar yordamida ishlov berishga asoslangan pillani saqlash va chuvish texnologiyalari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Andijon viloyati “Xarir tola” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 18 iyuldagi 4-1/1489-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan pillalarda nazoratga nisbatan xom ipak chiqishi 3,13% ga ortgan;
sirtni faollashtiruvchi moddalar ishlov beruvchi qurilma “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Andijon viloyati “Xarir tola” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 18 iyuldagi 4-1/1489-son ma’lumotnomasi). Natijada xom ipakka ishlov berishda pilla chuviluvchanligining 7,48% ga ortishiga erishilgan;
“bardo” qoldiq fraksiyasi asosidagi sirtni faollashtiruvchi modda bilan ishlov berish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Vodiy hunarmandlari” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 18 iyuldagi 4-1/1489-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan pillalarda nazoratga nisbatan xom ipak chiqishi 1,4–1,7% ga ortgan;
sivush moyi asosidagi sirtni faollashtiruvchi modda bilan ishlov berish texnologiyasi Andijon viloyati “Ipakchi” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 18 iyuldagi 4-1/1489-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan pillalarda nazoratga nisbatan xom ipak chiqishi 1.3–1.6% ga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish