Bekchanov Faxriddin Atabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Irrigatsiya nasos agregatlarining texnik holatini vibratsiya ko‘rsatkichlari asosida nazorat qilish usulini takomillashtirish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T959.
Ilmiy rahbar: Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ilxom Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Baxtiyor Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: irrigatsiya nasos agregatlarining texnik holatini vibratsiya ko‘rsatkichlari asosida nazorat qilish usulini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
vibratsiyani aniqlash uchun vibrodiagnostika qilish tizimi va usuli nasos agregatlarini diagnostika qilish bo‘yicha mavjud usullarni tahlil qilish asosida takomillashtirilgan;
nasos agregatlarning ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy sabablarini aniqlash usuli ulardagi vibratsiya miqdorini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
nasos agregatlarida sodir bo‘ladigan vibratsiya ko‘rsatkichlari o‘zgarishini ifodalovchi matematik model analitik bog‘lanishlar asosida ishlab chiqilgan;
nasos agregatlarining texnik holatini nazorat qilish qurilmasining konstruksiyasi undagi vibratsiya ko‘rsatkichlarini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Irrigatsiya nasos agregatlarining texnik holatini vibratsiya ko‘rastkichlari asosida nazorat qilish usulini takomillashtirish asosida:
vibratsiyani aniqlash uchun vibrodiagnostika qilish tizimi va usuli Samarqand viloyati nasos stansiyalari boshqarmasi tarkibidagi “Narpay” nasos stansiyasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 avgustdagi 03/25-3266-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatlarining buzilish ehtimolligi bashorat qilinib, avariya holatlarining yuz berishi 23% gacha kamaytirishga imkon yaratilgan; 
nasos agregatlarni ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy sabablarini aniqlash usuli va nasos agregatlarida sodir bo‘ladigan vibratsiya ko‘rsatkichlari o‘zgarishini ifodalovchi matematik model «SUVMASH» AJga va “Chapqirg‘oq Amudaryo” irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi qoshidagi “Arvek” nasos stansiyasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 avgustdagi 03/25-3266-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos agregatlarida sodir bo‘layotgan vibratsiya miqdoriga qarab nasos agregatlarining hozirgi holati baholangan;
nasos agregatlarining texnik holatini nazorat qilish qurilmasining konstruksiyasi  «SUVMASH» AJda va Samarqand viloyati nasos stansiyalari boshqarmasi tarkibidagi “Narpay” nasos stansiyasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 avgustdagi 03/25-3266-son ma’lumotnomasi). Natijada nasos qurilmalari texnik holati baholanib, ta’mirlash sarf-xarajatlarining 1,2–1,3 baravariga kamayishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish