Zakirova Lolaxon Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yosh ayollarda sut bezi saratonini prognozlashda molekulyar-biologik markerlarning o‘rni», 14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib656.
Ilmiy rahbar: Alimxodjaeva Lola Telmanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiet markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Islambekova Zulfiya Astanakulovna, tibbiyot fanlari doktori; Djuraev Mirdjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Respublika Onkologiya Ilmiy Markazi, (Dushanbe, Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh ayollarda sut bezi saratoni kechishini molekulyar-biologik markerlar asosida bashortlash tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratoni bilan kasallangan yosh ayollarda kasallik kechishini bashoratlashda epidemiologik tahlillar, hamda hujayradan tashqari DNK va RARβ2 genining o‘rni asoslangan;
sut bezi saratoni bilan xastalangan yosh ayollarda lyuminal V va uch karra salbiy turida RARβ2 geni gipermetillanishi eng yomon ko‘rsatkichlarga ega ekanligi isbotlangan;
RARβ2 geni gipermetillanishini baholash orqali sut bezi saratoni bilan kasallangan yosh bemorlarni kasalligni nazorat qilish va davo-taktikasi takomillashtirilgan;
Hujayradan tashqari DNK giperekspressiyasini baholash natijasida yosh ayollarda sut bezi saratonini xavfini bashoratlashda mul`tifaktorial yondashuv tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yosh ayollarda sut bezi saratoni davolashda va prognozlashda molekulyar-biologik markerlar o‘rni ni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Yosh ayollarda sut bezi saratonini davolash natijalarini prognozlash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17sentyabrdagi 8n-r/356-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bashortlash usuli yordamida yosh ayollarda sut bezi saratonini davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
Yosh ayollarda sut bezi saratonini prognozlashda molekulyar-biologik markerlarning o‘rnini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo va Farg‘ona filiallarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8 n-r/356-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yosh ayollarda sut bezi saratonini davolash natijalarini bashortalash, kasallikni erta epidemiologik tahlillar asosida tashxislash va kasallikni davolash samaradorligining ta’minlash imkonini bergan.