Raxmanova Nodira Xodjayazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda kontratsepsiya usullarini individual tanlashga yondoshishni optimallashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2017.3.PhD/Tib388.
Ilmiy rahbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Niyazmetov Raxmatullo Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez kasalliklari mavjud reproduktiv yoshdagi ayollar orasida kontratsepsiya vositalarini qo‘llash samaradorligi va xavfsizligini oshirish, ularni individual tanlashga yondoshishni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor reproduktiv yoshdagi qalqonsimon bez kasalliklari mavjud bemor ayollar xamda sog‘lomlar orasida turli kontratsepsiya vositalarining qo‘llash davomiyligi va  samaradorligini oshirish maqsadida, maslaxat berish jarayonida xavotirlik xolatini bartaraf qilish va vositalarning tibbiy maqbullik mezonlarini xisobga olgan xolda to‘g‘ri tanlash axamiyati aniqlangan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda turli kontratsepsiya vositalaridan foydalanish jarayonida mamnunlik darajasi va  xavotirlik ko‘rsatkichi aniqlangan;
tanlangan kontratsepsiya vositalarining uzoq vaqt davomida ishlatilmasligi va past samaradorligi mijozlarning vositalar nojo‘ya ta’sirlari xaqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
qalqonsimon bez kasalliklari mavjud mijozlarda turli kontratsepsiya vositalarini qo‘llash jarayonida qin mikrobiotsenozining  normatsenoz xolatidan yaqqol anaerob va aralash disbioz xolatlariga o‘zgarishi aniqlangan;
qalqonsimon bez kasalliklari kuzatilgan ayollarda 1,2,3-toifalariga xos tibbiy maqbullik mezonlarini aniqlash asosida turli kontratsepsiya vositalarini individual tanlashni optimallashtirish va asoratlarini oldini olish algoritmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda kontratsepsiya usullarini individual tanlashga yondoshinni optimallashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy  natijalar asosida:
«Turli xil  kontratsepsiya vositalaridan foydalanayotgan fertil yoshdagi ayollarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 iyuldagi  8n-d/166 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ayollarning kontratsepsiyaga munosabati, mamnunlik va xavotir ko‘rsatkichini modifikatsiyalangan Xanin-Spilberg savolnomasi yordamida aniqlash, baholash, tahlil qilish imkoniyatini beradi;
Ayollarda kontratsepsiya usullarini individual tanlashga yondoshinni optimallashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Xorazm viloyati filiali, Xorazm viloyati perinatal markazi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/ 226-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi kontratsepsiya vositalarini qo‘llash samaradorligi va davomiyligi oshirilishi natijasida, vositalarga bo‘lgan talabning kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish