Xasanov Mardon Muxammadikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda asoratlangan supravezikal obstruksiyani ratsional davolash taktikasini tanlash», 14.00.31 - Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib703.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Gissen va Marburg universiteti klinikasi, urologiya (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda optimal taktik yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘li bilan asoratlangan supravezikal obstruksiyani tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda laborator tekshiruv usullarining o‘ziga xos ko‘rsatkichlari va ul`tratovush skanerlash natijalarini konkretlashtirgan holda asoratlangan supravezikal obstruksiyani erta tashxislash mezonlari aniqlangan;
homilador ayollarda asoratlangan supravezikal obstruksiya rivojlanishi asosiy xavf omillarini aniqlash va ularning ahamiyatini baholash bilan birga kasallik jadallashib borishining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
konservativ davolashdan faol xirurgik aralashuvga o‘tish zarurligi mezonlarini konkretlashtirish imkonini beruvchi homilador ayollarda asoratlangan supravezikal obstruksiya rivojlanishini prognozlashning diskriminant modeli ishlab chiqilgan;
asoratlangan supravezikal obstruksiyasi bo‘lgan homilador ayollarda kasallik kechishining og‘irlik darajasi, xirurgik amaliyot invazivligi va asoratlar rivojlanish xavfini hisobga olgan holda kaminvaziv xirurgik davolashning samaradorligi aniqlangan;
patogenetik xususiyatlariga qarab, homilador ayollardagi supravezikal obstruksiyani standart va asoratlangan kechishi orasidagi chegarani aniqlashga va ratsional taktikani qo‘llash imkonini beruvchi mezonlar konkretlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda asoratlangan supravezikal obstruksiyani davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Homilador ayollarda supravezikal obstruksiyasi asoratlari kechishini prognozlash modeli» uslubiy tavsiyanosi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 8n-z/240-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar homilador ayollardagi asoratlangan supravezikal obstruksiyani davolash sifatini kasallik jadallashib borish xavf omillarni aniqlashtirish va har bir davolash usuliga ko‘rsatmalarni konkretlashtirish hisobiga yaxshilash imkonini bergan;
homiladorlardagi asoratlangan supravezikal obstruksiyani davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlngan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, 1-son Respublika klinik shifoxonasi va Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasining urologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 8n-z/240-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi asoratlangan supravezikal obstruksiyasi bo‘lgan homilador ayollarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam spektrini ahamiyatli darajada kengaytirish, asoratlarni prognozlash aniqligini oshirish, davolash harajatlarini qisqartirish, davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish va bemorlarning kasalxonda davolanish muddatini kamaytirish imkonini bergan.