Im Vadim Muxasnovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bradiaritmiya bilan bemorlarda doimiy elektrokardiostimulyasiya turini tanlashni optimallashtirish», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib793.
Ilmiy rahbar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Abrol Amirdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Zakirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Milliy kardioxirurgik ilmiy markazi» AJ (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: stimulyasiya turini tanlashni optimallashtirish yo‘li bilan yurak ritmi buzilishlarining bradisistolik shakklari bor bemorlarda doimiy ikki kamerali elektrokardiostimulyasiya natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aralashuvning davomiyligi va elektrofiziologik ko‘rsatkichlarni verifikatsiyasini hisobga olgan holda o‘ng qorinchaning tepa qismiga va qorinchalararo to‘siqning o‘rta uchdan bir qismiga qorincha elektrodini implantatsiya qilishning asosiy texnik xususiyatlari aniqlangan;
bradiaritmiyalar bilan bemorlarda doimiy elektrokardiostimulyasiyada elektrodni qorinchalararo to‘siqning o‘rta uchdan bir qismiga o‘rnatish apikal sohaga o‘rnatishga nisbatan elektr qo‘zg‘alishning ancha fiziologik tarqalishiga ko‘maklashib, qorinchalar dissinxroniyasining kamroq ifodalanishi isbotlangan;
stimulyasiya qilish sohasiga (o‘ng qorinchani tepa qismi va qorinchalararo to‘siqning o‘rta uchdan bir qismi) bog‘liq ravishda yurak dissinxroniyasi rivojlanishi fonida surunkali yurak etishmovchiligi jadallashib borishining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
ikki kamerali doimiy elektrokardiostimulyasiya qilishda surunkali yurak etishmovchiligi kechishiga atrioventrikulyar kechikishni optimallashtirish ta’sirining elektrofiziologik jihatlari aniqlangan;
o‘ng qorinchaning elektrodni septal va apikal joylashuvini hisobga olgan holda ikki kamerali elektrokardiostimulyasiyaning bemorlar hayot sifatiga ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bradiaritmiyalar bilan bemorlarda doimiy ikki kamerali elektrokardiostimulyasiya qilish natijalarini optimallashtirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra: 
«Bradiaritmiyalar bilan asoratlangan yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda elektrokardiostimulyasiya qilish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/243-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar surunkali yurak etishmovchiligi, bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, kardiostimulyator sindromlarni rivojlanishini sodir etish darajasini pasaytirish, xayot sifatini yaxshilash hisobiga doimiy elektrokardiostimulyasiyani natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
bradiaritmiyalar bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limlari va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali amamliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/243-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan bradiaritmiyalarga chalingan bemorlarga doimiy ikki kamerali elektrokardiostimulyatorni implantatsiya qilish taktik texnik jihatlarini joriy etish surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanish chastotasini 41,1% dan 21,4% gacha, BF chasotasini 16,4% dan 7,2% gacha xamda tromboembolik asoratlar chastotasini 11,4% dan 8,9% gacha pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish