Imomalieva Kamila Maxsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eksperimental gerpetik keratitni davolashda «GlazAvir» ko‘z dorivor plyonkalarining samaradorligini baholash», 14.00.08–Oftal`mologiya; 03.00.04–Mikrobilogiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.3.PhD/Tib627.
Ilmiy rahbarlar: Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Narovlyanskiy Aleksandr Naumovich, biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi; Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akademik N.F.Gamalei nomli epidemiologiya va mikrobiologiya miliy ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.27.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomli Voronej Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental gerpetik keratitni davolashda interferon induktorli nanotuzmilmaviy, biologik so‘riladigan ko‘z dorivor plyonkalarining antivirusli faolligi va terapevtik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terapevtik miqdordagi interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalari tajriba hayvonlarining somatik statusiga toksik ta’sir ko‘rsatmasligi, periferik qon ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajada bo‘lishi hamda sitolitik sindrom belgilarining qayd qilinmaganligi bilan isbotlangan;
interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining mahalliy so‘rilishining qoniqarli profilga egaligi, tajriba hayvonlari ko‘z ichki bosimining me’yoriy darajasi, shox pardasi sezgirligining saqlanishi va to‘qimalarida mikroskopik tuzilmaviy tarkibining o‘zgarmasligi asosida isbotlangan;
eksperimental gerpetik keratit modelida interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining terapevtik samaradorligi, shox parda sindromi, vaskulyarizatsiya, infil`tratsiyalarni bartaraf etilishi va shox parda epitelizatsiyasi muddatlarining kamayishi ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi bilan isbotlangan;
interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining interferon induktorli ko‘z tomchilariga nisbatan viruslarga qarshi samaradorligi, eksperimental tajriba hayvonlaridagi kasallik simptomlarining rivojlanishi intensivligi yig‘indisi va o‘rtacha yashash davomiyligi ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eksperimental gerpetik keratitni davolashda interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tajriba sharoitida interferon induktorli «GlazAvir» ko‘z dorivor plyonkalarining ko‘tara olinishini eksperimental baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi №8n-d/186-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan dori vositasi endogen interferon induktorining organizmga tushgandan keyin, tajriba hayvonlarining umumiy va mahalliy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini isbotlash imkonini bergan;
«Interferon induktori sifatida «GlazAvir» ko‘z dorivor plyonkasining viruslarga qarshi faoliyatini eksperimental baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan va joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 sentyabrdagi №8n-d/186-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada eksperimental gerpetik keratitda interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining virusga qarshi faolligi va terapevtik samaradorligi o‘rganilib isbotlangan;
Eksperimental gerpetik keratitni davolashda interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalarining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent Farmatsevtika instituti va Samarqand davlat tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-z/227–son ma’lumotnomasi).
Olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish virusga qarshi interferon induktorli ko‘z dorivor plyonkalariga oid tajribalar samaradorligini oshirish imkonini bergan. Olingan natijalar mahalliy qo‘llangan interferon induktorining xususiyatlarini baholash va klinik sinovlar bosqichiga o‘tish, keyinchalik ko‘zning dorivor plyonkalarini ishlab chiqarish hamda davolashga ketadigan xarajatlarning kamayishiga va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi.